“O‘zbekkosmos”ga qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev kosmik faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. “O‘zbekkosmos” agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklatish mo‘ljallanmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan kosmik faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimotida ma’lum qilindi.

“Bular – kosmik suratlarni tahlil qilish orqali iqtisodiyot sohalarida qonunbuzarlik holatlarini aniqlash, davlat kosmik monitoringini amalga oshirish, bu jarayonda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash kabilardir”, - deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Mirziyoyev bu chora-tadbirlarning natijadorligi qanday bo‘lishini so‘radi.
Ta’kidlanishicha, bu tarmoq rivoji qishloq va suv xo‘jaligi, yer munosabatlari, ekologiya, geologiya kabi ko‘plab sohalarda qo‘l keladi.
Masalan, ekinlarning turi va maydoni, yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy chiqindi joylari paydo bo‘lishini aniqlash darajasi 95 foizgacha yetadi. Suv inshootlari, yer qa’ri va foydali qazilmalar muhofazasi ham yanada kuchayadi.
Prezident bu takliflarni ma’qullab, tegishli hujjatlarni qabul qilishga ko‘rsatma berdi.
Prezidentning 2019-yil 30-avgustdagi farmoniga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida "O‘zbekkosmos" agentligi tashkil etilgan. Keyin davlat rahbari ko‘rsatmasiga muvofiq, kosmik tarmoqni rivojlantirishning 5-yillik konsepsiyasi va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Ularda yerni masofadan zondlash, telekommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshlari milliy guruhini yaratish, ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish, kadrlar tayyorlash, aerokosmik startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadlar belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0