https://oz.sputniknews.uz/20231006/ozbekiston-yashil-obligatsiyalar-39692541.html
O‘zbekiston ilk bor “yashil” suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi
O‘zbekiston ilk bor “yashil” suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ilk bor 4,25 trln so‘m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi. So‘mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalar MDH davlatlari ichida ilk "yashil" suveren obligatsiyalar hisoblanadi.
2023-10-06T12:19+0500
2023-10-06T12:19+0500
2023-10-06T12:46+0500
iqtisod
o‘zbekiston
obligatsiyalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/06/39699502_0:38:2530:1461_1920x0_80_0_0_e735b4211081fde26541e17c9611dbf6.jpg
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston ilk bor 4,25 trln so‘m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi.Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma’lum qilinishicha, so‘mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalar MDH davlatlari ichida ilk "yashil" suveren obligatsiyalar hisoblanadi.“Yashil” obligatsiyalar bo‘yicha kelib tushadigan mablag‘lar suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, temir yo‘l va metro transportini rivojlantirish, sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash, shamol eroziyasiga va suv xo‘jaligi obyektlarining qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish kabi “yashil” loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.Bunda loyihalarni tanlab olish jarayoniga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi jalb qilingan. “Yashil” obligatsiyalar dasturi bo‘yicha "Sustainalytics" tomonidan ikkinchi taraf ijobiy xulosasi olingan.Ichki moliya bozorlarida so‘nggi o‘tkazilgan auksionda (26 sentabr) 2-yillik davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foiz stavkalari 17,57 foizni tashkil qilgan
https://oz.sputniknews.uz/20230614/ozbekiston-milliy-bank-yuan-obligatsiyalar-35950424.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/06/39699502_0:0:1997:1498_1920x0_80_0_0_ed11374957efc1cb09c656ee808bb456.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yashil suveren xalqaro obligatsiyalar
o‘zbekiston yashil suveren xalqaro obligatsiyalar
O‘zbekiston ilk bor “yashil” suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi
12:19 06.10.2023 (yangilandi: 12:46 06.10.2023) “Yashil” obligatsiyalar bo‘yicha kelib tushadigan mablag‘lar suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, temir yo‘l va metro transportini rivojlantirish kabi loyihalarga sarflanadi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston ilk bor 4,25 trln so‘m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi.Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, so‘mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalar MDH davlatlari ichida ilk "yashil" suveren obligatsiyalar hisoblanadi.
“Yashil” obligatsiyalar bo‘yicha kelib tushadigan mablag‘lar suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, temir yo‘l va metro transportini rivojlantirish, sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta’minlash, shamol eroziyasiga va suv xo‘jaligi obyektlarining qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish kabi “yashil” loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Bunda loyihalarni tanlab olish jarayoniga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi jalb qilingan. “Yashil” obligatsiyalar dasturi bo‘yicha "Sustainalytics" tomonidan ikkinchi taraf ijobiy xulosasi olingan.
"O‘zbekistonning milliy valyutadagi „yashil“ obligatsiyalariga bo‘lgan yuqori talabni inobatga olib, 3-yillik so‘mdagi xalqaro obligatsiyalarning foiz stavkalarini (kupon to‘lovi) kutilgan 18 foizdan 16,25 foizga tushirishga muvaffaq bo‘lindi. Mazkur tranzaksiya bilan so‘ndirish muddati joriy yilning 23-noyabr kuni bo‘lgan 1,9 trln so‘m miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar muddatidan oldin so‘ndirildi", — deyiladi xabarda.
Ichki moliya bozorlarida so‘nggi o‘tkazilgan auksionda (26 sentabr) 2-yillik davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foiz stavkalari 17,57 foizni tashkil qilgan