O‘zbekiston milliy banki yuanda obligatsiyalar chiqarish masalasini o‘rganmoqda

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston milliy banki, arxiv surat
O‘zbekiston milliy banki, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Xitoy yuanidagi obligatsiyalar chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy banki Xitoy yuanida obligatsiyalar chiqarish masalasini o‘rganmoqda. Bu haqda bank matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Xitoy yuanidagi obligatsiyalar chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bank Xitoy yuanidagi obligatsiyalar emissiyasini o‘rganish doirasida yetakchi Osiyo va Yevropa investorlari bilan “Non-Deal Road Show”ni muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, investorlar bilan uchrashuvlar “Invesco”, “L&R Capital”, “Gaoteng”, “Nexus”, “Guotai Junan Securities”, “Erste Bank Treasury”, “BNP Paribas Asset Management Asia Ltd”, “Fuh-hwa Securities Inv Trust Co Ltd”, “Bank Invest Asset Management – Den”, “HPS Investment Partners”, “China Investment Corporation”, “Bohai Bank HK Branch”, “Guolian Securities”, “Aberdeen Asset Management”, “Haitong Asset Management” va “Haitong Private Wealth Management” kabi yirik investitsiya kompaniyalari bilan bo‘lib o‘tgan.

“Xorijiy investorlar va banklar bilan uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish hamda Xitoy yuanida obligatsiyalar chiqarish xalqaro qarz bozorining o‘zgaruvchanligi sharoitida istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini beradi hamda O‘zbekistonning bo‘lajak emitentlari uchun benchmark* yaratadi”, - deyiladi bank xabarida.

Ma’lumot uchun, obligatsiya — qiymatiga nisbatan egasiga qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli qog‘oz, qarzni qaytarib berish va foiz to‘lashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. Obligatsiya aholi, korxona va tashkilotlar qo‘lidagi pul mablag‘larini to‘plab, biror maqsad yo‘lida safarbar etish uchun chiqariladi.
* Benchmarking - raqobatchilar tajribasini o‘rganish va kompaniyada eng yaxshi tajribalarni joriy etish imkonini beradigan metodlar to‘plami.
Yangiliklar lentasi
0