O‘zbekiston Rossiya bilan transport-logistika sohasini rivojlantirishga kelishib oldi

© Fotolia / Marco2811Yuklarni temir yo‘l orqali tashish
Yuklarni temir yo‘l orqali tashish - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya shaharlar, viloyatlar va iqtisodiy o‘sish markazlarini bog‘lovchi transport aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Qozon shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston – Rossiya III hududlararo hamkorlik forumi doirasida O‘zbekiston Rossiya bilan transport-logistika sohasini rivojlantirishga kelib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Forum doirasida “Transport va logistika sohasidagi sheriklik: Rossiya va O‘zbekiston yangi chaqiriqlar dunyosida” mavzusida panel sessiya tashkil etildi. Unda transport-logistika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.
© Ministerstvo transportaO‘zbekiston Rossiya bilan transport-logistika sohasini rivojlantirishga kelishib oldi
Uzbekistan – Rossiya: sotrudnichestvo v sfere transporta i logistiki budet razvivatsya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
O‘zbekiston Rossiya bilan transport-logistika sohasini rivojlantirishga kelishib oldi
Ishtirokchilar ikki mamlakatning shaharlari, viloyatlari va iqtisodiy o‘sish markazlarini bog‘lovchi transport aloqalarini hamda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’minot zanjirlarini rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishishdi.
Kelishuvlar:
Rossiya va O‘zbekiston hududlari orqali o‘tuvchi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni o‘zaro muvofiqlashtirish;
Yevroosiyo qit’asi transport tizimini mustahkamlash maqsadida, xalqaro transport koridorlari yo‘nalishlarida davlat chegaralari nazorat-o‘tkazish punktlarining infratuzilmasini rivojlantirish sohasida kelishilgan chora-tadbirlarni qabul qilish;
turli transport turlari orqali xalqaro xizmatlarni ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha tajriba almashishni davom ettirish hamda tarmoqlararo va mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash;
o‘zaro savdo va tranzitni rivojlantirishga xizmat qiladigan transport-logistika sohasidagi mintaqaviy loyihalarni milliy rejalarga kiritish bo‘yicha muloqotni davom ettirish;
yangi multimodal yo‘nalishlar, jumladan, “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” yo‘nalishini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash.
Sentr organizatsii dorojnogo dvijeniya Pravitelstva Moskvi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Transport vazirligi Moskvaning avtomobil oqimlarini boshqarish tajribasi bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0