Mirziyoyev va Putin harbiy-texnik hamkorlikni muhokama qiladi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin. Arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Obuna bo‘lish
Yetakchilar siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishadi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev muzokaralarda, jumladan, harbiy-texnik hamkorlikni muhokama qilishadi. Bu Kreml matbuot xizmati tadbirga tayyorlagan axborot ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi, deya yozadi RIA Novosti.
“Yetakchilar siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishadi. Shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston prezidenti 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi. Mirziyoyev tashrifini Tataristondan boshladi. Tashrif doirasida Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Bugun Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi va qator idoralararo va tijoriy hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Prezident Uzbekistana Sh. Mirziyeyev vozlojil sveti k Mogile Neizvestnogo Soldata - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Mirziyoyev Moskvadagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi - video
Yangiliklar lentasi
0