Mirziyoyev Moskvadagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi - video

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Sh. Mirziyeyev vozlojil sveti k Mogile Neizvestnogo Soldata
Prezident Uzbekistana Sh. Mirziyeyev vozlojil sveti k Mogile Neizvestnogo Soldata - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada Kreml devorlari yonidagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
O‘zbekiston prezidenti 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi. Mirziyoyev tashrifini Tataristondan boshladi. Tashrif doirasida Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Bugun Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat munosabatlarinini yanada rivojlantirishni muhokama qilishi hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi va qator idoralararo va tijoriy hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0