Samara viloyati O‘zbekiston bilan turizm va tibbiyotda hamkorlikni kengaytirmoqchi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishDmitriy Azarov
Dmitriy Azarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Obuna bo‘lish
Gubernator Dmitriy Azarovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Samara viloyatining strategik muhim savdo-iqtisodiy hamkori sanaladi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Rossiyaning Samara viloyati va O‘zbekiston ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm sohasida o‘zaro hamkorlikning salohiyatiga ega. Bu haqda Samara viloyati gubernatori Dmitriy Azarov Qozonda o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi uchinchi mintaqalararo forum davomida ma’lum qildi.
“Samara viloyatida tibbiyot, ekologiya va sanoat turizmining alohida yo‘nalishi uchun barcha infratuzilma tashkil etilgan. Biz O‘zbekiston aholisini bizga faqat ishlash va o‘qishga emas, balki dam olish va sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun ham kelishga chorlaymiz”, - dedi Azarov.
Ta’kidlanishicha, Samara viloyati Turizm vazirligi va O‘zbekiston turoperatorlari sa’y-harakatlari bilan respublikadan mintaqaga turistlar oqimi deyarli 2,5 baravarga ortgan.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Samara viloyatining strategik muhim savdo-iqtisodiy hamkori sanaladi. 2023-yilning birinchi yarim yilligida viloyatning O‘zbekiston bilan o‘zaro tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilga qaraganda 27,4 foizga ko‘paygan.
“Shunga qaramasdan, qo‘shimcha tashqi savdo aylanmasi o‘sishi, jumladan, ilgari Samara viloyatiga yevropalik hamkorlar tomonidan yetkazib berilgan tovarlarning o‘rnini bosish hisobiga katta salohiyat bor”, - dedi Azarov.
U mintaqalar delegatsiyalari rasmiy tashriflari, biznes missiya bilan o‘zaro almashish, ko‘rgazmalarda birgalikda qatnashish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi.

Mintaqalararo hamkorlik

Azarov Samara viloyati O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Navoiy, Samarqand viloyatlari bilan faol hamkorlik qilib kelayotganini eslatdi.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga Samara viloyatida federal logistik xab tashkil etilishi ko‘maklashadi.
“Samara viloyati O‘zbekiston uchun nafaqat savdo hamkori, balki Rossiyaning va dunyoning boshqa mintaqalari bilan savdo-sotiq uchun keng imkoniyatlarni ochadigan transport-logistik xab sifatida ham jozibador bo‘lishi mumkin”, - dedi Azarov.
Yoshlar o‘rtasida millatlararo munosabatlar, mintaqalar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun ham ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda.
“Samara viloyati O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslangan ko‘p yillik do‘stona munosabatlarni juda qadrlaydi”, - dedi gubernator.
Ma’lum qilinishicha, forum doirasida Samara viloyati delegatsiyasi O‘zbekistonning Surxondaryo va Namangan viloyatlari vakillari bilan hamkorlik borasida muzokaralar o‘tkazgan.
Uchrashuvda, xususan, Namangan viloyatiga reyslarni ko‘paytirish hamda Samara viloyatidan kungaboqar yog‘ini import qilish masalasi muhokama qilingan.
Denis Manturov prinyal uchastie v III Forume mejregionalnogo sotrudnichestva mejdu RF i RUz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
O‘zbekiston va Rossiya forumida qanday biznes shartnomalar imzolandi — ro‘yxat
Yangiliklar lentasi
0