Putin va Mirziyoyev kelgusi rivojlanish uchun yangi vazifalarni belgilab oladi — Volvach

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishRossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach
Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Obuna bo‘lish
Dmitriy Volvach: Wildberries kompaniyasi Markaziy Osiyodagi eng yirik logistika markazlaridan birini qurish bo‘yicha jiddiy loyihani ishga tushiradi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelgusi rivojlanish uchun yangi vazifalarni belgilab oladi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach Sputnik muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida ma’lum qildi.
Dmitriy Volvach Sputnik muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi shuningdek, Qozonda bo‘lib o‘tgan Mintaqalararo hamkorlik forumida muhokama qilingan muhim qo‘shma loyihalar haqida gapirdi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi Qozon shahridan boshlanadi, so‘ng Moskvada Vladimir Putin ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi, unda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilinadi va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab olinadi”, dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi forum doirasida imzolangan shartnomalar yirik va mintaqalararo qo‘shma loyihalar portfelini boyitdi.
Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari uning natijalari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, yaqinda Jizzax viloyatida qurilish ishlari yakunlangani va tez orada bu yerda tez buziladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy savdo-logistika markazi ishga tushirilishini ta’kidladi.
Bu Rossiya kapitali ishtirokidagi yana bir muhim korxona, dedi Volvach. Bundan tashqari, u Wildberries Markaziy Osiyodagi eng yirik logistika markazlaridan birini qurish loyihasini ishga tushirishini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0