https://oz.sputniknews.uz/20231004/xanchjou-2022-ozbekiston-medallar-soni-51-ta-39609006.html
Xanchjou-2022: o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 51 taga yetdi
Xanchjou-2022: o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 51 taga yetdi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida 5-o‘rinda bormoqda.
2023-10-04T14:57+0500
2023-10-04T14:57+0500
2023-10-04T14:58+0500
sport
xitoy
o‘zbekiston
osiyo o‘yinlari
boks
kurash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/04/39609354_0:311:900:817_1920x0_80_0_0_8eeb64cdbe796abea12bd11ad83b4d08.png
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 14 taga yetdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida 5-o‘rinda bormoqda. Unga ko‘ra, sportchilar 14 ta oltin, 15 ta kumush va 22 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Medallarning umumiy soni 51 taga teng.Bugun yunon-rum kurashi bahslarida kuchlilar saralanmoqda. Islomjon Bahromov (-60 kg), Mahmud Baxshulloyev (-67 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.Yarim final juftliklari bilan tanishing:“Klassik” kurash ustalari o‘rtasida bugungi saralash bahslari yakuniga yetdi. Unda Jaslgasbay Berdimuratov -87 kg vazn toifasining final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Hamurtimiz yarim finalda yaponiyalik Masato Sumi ustidan g‘alaba qozondi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan Ilhomjon Bahromov (-60 kg), Mahmud Baxshulloyev (-67 kg) bronza medali uchun, shuningdek, chorak finalda mag‘lubiyatga uchragan Dilshod Omongeldiyev (-77 kg) esa uchinchi o‘rin uchun o‘tish bosqichida bahs olib boradigan bo‘lishdi. Berdimuratovning finaldagi raqibi eronlik Nosir Alizoda bo‘ladi.Ot sportining konkur bahslarida yakkalik va jamoaviy yo‘nalishda kunning birinchi yarmidan o‘rin olgan bellashuvlar yakunlandi. Unda Bahromjon Gaziyev boshchiligidagi chavandozlar medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.10 metrli platformadan suvga sakrash bo‘yicha erkaklar o‘rtasida saralash bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Igor Malin 341.30 ball jamg‘ardi. Ushbu natija orqali o‘zbekistonliklar to‘qqizinchi o‘rin bilan finalga yo‘l oldi. Final bahslari Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.Boks bo‘yicha Hasanboy Do‘smatov qatorasiga ikkinchi bor Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l olmoqda. -51 kg vazn toifasidagi bokschi yarim finalda yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi bahs olib bordi. Ikki jahon chempionlari o‘rtasidagi bahsda uning qo‘li baland keldi. Shuningdek, ushbu g‘alaba Do‘smatovga Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini ham taqdim qildi. Uning finaldagi raqibi tailandlik Titisan Panmot bo‘ladi.Bokschi To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlari sovrindoriga aylandi. -80 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschi yarim finalda xitoylik Tanglatixan To‘xtarbekka qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli jang mezbon bokschining g‘alabasi bilan yakunlandi va Habibullayev Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.XIX Osiyo o‘yinlaridan qiziqarli videolarni Sputnik Telegram kanalida kuzatib boringEslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari 23-sentabrda boshlangan va u 8-oktabrga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida davom etadi.
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/04/39609354_46:197:867:813_1920x0_80_0_0_afc7ad74b56eeb59996153735434e90d.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xanchjou-2022 o‘zbekiston delegatsiyasi medallar osiyo o‘yinlari
xanchjou-2022 o‘zbekiston delegatsiyasi medallar osiyo o‘yinlari
Xanchjou-2022: o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 51 taga yetdi
14:57 04.10.2023 (yangilandi: 14:58 04.10.2023) Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida 5-o‘rinda bormoqda.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 14 taga yetdi, deya xabar berdi
Milliy olimpiya qo‘mitasi. Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida 5-o‘rinda bormoqda. Unga ko‘ra, sportchilar 14 ta oltin, 15 ta kumush va 22 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Medallarning umumiy soni 51 taga teng.
Bugun yunon-rum kurashi bahslarida kuchlilar saralanmoqda. Islomjon Bahromov (-60 kg), Mahmud Baxshulloyev (-67 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Yarim final juftliklari bilan tanishing:
-60 kg: Islomjon Bahromov – Xanjae Chung (J.Koreya) / Joloman Sharshenbekov (Qirg‘iziston)
-67 kg: Mahmud Baxshulloyev – Katsuaki Endo (Yaponiya)
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Masato Sumi (Yaponiya)
“Klassik” kurash ustalari o‘rtasida bugungi saralash bahslari yakuniga yetdi. Unda Jaslgasbay Berdimuratov -87 kg vazn toifasining final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Hamurtimiz yarim finalda yaponiyalik Masato Sumi ustidan g‘alaba qozondi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan Ilhomjon Bahromov (-60 kg), Mahmud Baxshulloyev (-67 kg) bronza medali uchun, shuningdek, chorak finalda mag‘lubiyatga uchragan Dilshod Omongeldiyev (-77 kg) esa uchinchi o‘rin uchun o‘tish bosqichida bahs olib boradigan bo‘lishdi. Berdimuratovning finaldagi raqibi eronlik Nosir Alizoda bo‘ladi.
Ot sportining konkur bahslarida yakkalik va jamoaviy yo‘nalishda kunning birinchi yarmidan o‘rin olgan bellashuvlar yakunlandi. Unda Bahromjon Gaziyev boshchiligidagi chavandozlar medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.
10 metrli platformadan suvga sakrash bo‘yicha erkaklar o‘rtasida saralash bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Igor Malin 341.30 ball jamg‘ardi. Ushbu natija orqali o‘zbekistonliklar to‘qqizinchi o‘rin bilan finalga yo‘l oldi. Final bahslari Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.
Boks bo‘yicha Hasanboy Do‘smatov qatorasiga ikkinchi bor Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l olmoqda. -51 kg vazn toifasidagi bokschi yarim finalda yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi bahs olib bordi. Ikki jahon chempionlari o‘rtasidagi bahsda uning qo‘li baland keldi. Shuningdek, ushbu g‘alaba Do‘smatovga Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini ham taqdim qildi. Uning finaldagi raqibi tailandlik Titisan Panmot bo‘ladi.
Bokschi To‘rabek Habibullayev Osiyo o‘yinlari sovrindoriga aylandi. -80 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschi yarim finalda xitoylik Tanglatixan To‘xtarbekka qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli jang mezbon bokschining g‘alabasi bilan yakunlandi va Habibullayev Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari 23-sentabrda boshlangan va u 8-oktabrga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida davom etadi.