Xanchjou-2022: o‘zbekistonlik kurashchi kunni g‘alaba bilan boshladi

© NOKXanchjou-2022: borsi nachali den s pobedi
Xanchjou-2022: borsi nachali den s pobedi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Obuna bo‘lish
Hindistonlik Niraj bilan bellashgan polvon 5:3 hisobida muvaffaqiyat qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Xanchjou-2022 osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik kurashchi kunni g‘alaba bilan boshladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mahmud Baxshulloyev kurashchilarning g‘alabali ishtirokini boshlab berdi.
Hindistonlik Niraj bilan bellashgan polvon 5:3 hisobida muvaffaqiyat qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Bugundan sport kurashlari bo‘yicha bellashuvlar start oldi. Dastlab yunon-kurashi ustalari bahslarga kirishishdi. Shuningdek, kun davomida futbolchilar final yo‘llanmasi uchun maydonga tushishsa, og‘ir atletika, velosport, yengil atletika, ot sporti turlarida ham medallar jamlanmasi o‘ynaladi.
Yangiliklar lentasi
0