https://oz.sputniknews.uz/20231004/xanchjou-2022-ozbekiston-delegatsiyasi-hisobiga-yana-2-ta-oltin-medal-qoshildi-39622744.html
Xanchjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 2 ta oltin medal qo‘shildi
Xanchjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 2 ta oltin medal qo‘shildi
Sputnik O‘zbekiston
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov esa finalchilar qatoridan joy oldi.
2023-10-04T17:44+0500
2023-10-04T17:44+0500
2023-10-04T17:44+0500
sport
osiyo o‘yinlari
o‘zbekiston
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/18/39261718_0:321:3072:2048_1920x0_80_0_0_71a3d659c1e42595177e189a85eaf4f4.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.17 yoshli sportchi qayd etgan 14.09 metr natijani hech bir raqibi yangilay olmadi va Davronova Osiyo o‘yinlari chempionligiga erishdi.Shuningdek, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) ham oltin medalni qo‘lga kiritdi. U final bellashuvida eronlik Nosir Alizodani mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.Og‘ir atletikachi Muhammadqodir Toshtemirov O‘zbekiston delegatsiyasiga kumush medal keltirdi. -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvon dast ko‘tarishda 159 kg, siltab ko‘tarishda 192 kg, ikki kurashda esa 351 kg natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov esa finalchilar qatoridan joy oldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschi yarim finalda xitoylik Ding Lyuni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alaba final bilan birga Parij-2024 yo‘llanmasini ham taqdim qildi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/18/39261718_142:0:2873:2048_1920x0_80_0_0_3b72d9580f67d0cde176e3b1ca341287.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xanchjou-2022: o‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 2 ta oltin medal qo‘shildi
xanchjou-2022: o‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 2 ta oltin medal qo‘shildi
Xanchjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 2 ta oltin medal qo‘shildi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov esa finalchilar qatoridan joy oldi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi
Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi
xabar berdi. 17 yoshli sportchi qayd etgan 14.09 metr natijani hech bir raqibi yangilay olmadi va Davronova Osiyo o‘yinlari chempionligiga erishdi.
Shuningdek, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) ham oltin medalni qo‘lga kiritdi. U final bellashuvida eronlik Nosir Alizodani mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.
Og‘ir atletikachi Muhammadqodir Toshtemirov O‘zbekiston delegatsiyasiga kumush medal keltirdi. -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvon dast ko‘tarishda 159 kg, siltab ko‘tarishda 192 kg, ikki kurashda esa 351 kg natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov esa finalchilar qatoridan joy oldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschi yarim finalda xitoylik Ding Lyuni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alaba final bilan birga Parij-2024 yo‘llanmasini ham taqdim qildi.