Rossiyaning "Atom" elektromobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin

© Press-slujba "Atom"Rossiyskiy elektromobil "Atom".
Rossiyskiy elektromobil Atom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston "Atom" elektromobilini dastlab yirik uzelli, keyin to‘liq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Tataristonning "Kama" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan "Atom" elektromobili O‘zbekistonda yig‘ila boshlashi mumkin.
Bu haqida Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach bugun Qozon shahrida boshlangan Rossiya—O‘zbekiston mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi doirasida ma’lum qildi.
Volvach aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari "Atom"ning yirik uzelli yig‘ish jarayonini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishmoqda, keyinchalik esa ushbu elektromobilni ishlab chiqarish to‘liq mahalliylashtirishni istashmoqda.

"Men bu mashinani ilk bor shu yerda, Qozonda ko‘rganman. Bu elektromobil qanchalik ilg‘or va sifatli ekanligi men uchun kashfiyot bo‘ldi", — deb Volvach avtomobil haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, "Atom" elektromobilini seriyali ishlab chiqarish 2025-yildan boshlanadi, lekin shunga qaramasdan bugungi kunda u Rossiyada allaqachon 36 mingta buyurtma olgan.
Avtomobilning eng qiziqarli qismlaridan biri — uning akkumulyatordir. "Rosatom" korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan akkumulyator yuqori energiya zichligiga ega bo‘lib, bir quvvatlashda avtomobilga 500 km masofa bosib o‘tish imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0