Putin Rossiya-O‘zbekiston mintaqalararo forumi ishtirokchilarini qutladi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti forum ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikrlar Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi samarasini yanada oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-O‘zbekiston III mintaqalararo hamkorlik forumi ishtirokchilari va mehmonlarini qutladi. Bu haqida Kreml rasmiy sahifasida e’lon qilingan telegrammadan ma’lum bo‘ldi.

"Aziz do‘stlar! Sizlarni Qozon shahrida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi uchinchi mintaqalararo hamkorlik forumining ochilishi munosabati bilan qutlayman. Mintaqaviy hamkorlik davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir. Rossiya Federatsiyasi subyektlari va O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari tuziladi, faol delegatsiya almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi, muntazam ravishda tegishli ko‘rgazma va taqdimotlar o‘tkazib turadi”, — deyiladi telegrammada.

Prezident ta’kidlaganidek, mazkur forum viloyat va shahar hokimliklari rahbarlari, tadbirkorlar, olimlar, madaniyat va ta’lim arboblari ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishning samarali mexanizmi hisoblanadi.
Rossiya yetakchisi forumda sanoat, savdo, transport, logistika, turizm va yoshlar siyosati kabi sohalardagi o‘zaro hamkorlikning turli jihatlariga e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidladi va aniq rejalar tuzish vaqti kelaganini aytib o‘tdi.
“Bu sohalarning barchasida allaqachon yaxshi yutuqlar bor, endi muhim vazifa – hamkorlikdagi ishning yangi, istiqbolli shakl va usullarini, jumladan, mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritalari”ni kelishib olish va bu boradagi vazifalarni va ularni amalga oshirish muddatlarini aniq belgilab olishdan iborat”, — deb qo‘shimcha qilingan telegrammada.
Rossiya prezidenti forum ishtirokchilari va mehmonlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi samarasini yanada oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Ma’lumot uchun, 4-oktabr kuni Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur forum ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, tadbirkorlarning keng doirasini qamrab olish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin taklifiga binoan 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Tashrif doirasida ikki davlat yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin, Tatariston rahbari Rustam Minnixanovlar bilan ham uchrashadi.
Bo‘lajak uchrashuvlar kun tartibidan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, migratsiya va gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0