https://oz.sputniknews.uz/20231004/ozbekiston-rossiya-eksport-mahsulotlar-zarar-39592231.html
O‘zbekiston eksport qilgan ayrim mahsulotlar zararlanganmi — agentlik javobi
O‘zbekiston eksport qilgan ayrim mahsulotlar zararlanganmi — agentlik javobi
Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaga eksport bo‘lgan uzum va pomidor mahsulotlarida karantin osti organizmlari aniqlanganligi haqida xabarlar tarqaldi.
2023-10-04T10:16+0500
2023-10-04T10:16+0500
2023-10-04T12:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
eksport
karantin
pomidor
uzum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23762477_0:163:3063:1885_1920x0_80_0_0_0b7e7db748390cfd79ee9bc2053ce5b9.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Rosselxoznadzor tomonidan O‘zbekistondan Rossiyaga eksport qilingan uzum va pomidor mahsulotlari zararlangani bo‘yicha e’tiroznoma kelib tushmagan. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondan Rossiyaga eksport bo‘lgan uzum va pomidor mahsulotlarida karantin osti organizmlari (zarpechak va Janubiy Amerika pomidor kuyasi) aniqlanganligi haqida xabarlar tarqaldi.O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan o‘rganishlar olib borildi. Qayd etilishicha, holat bo‘yicha Rossiya karantin xizmati (Rosselxoznadzor) tomonidan agentlikka e’tiroznoma (notifikatsiya)lar kelib tushmagan.Xabarda tadbirkorlardan shu kabi holatlar yuzaga kelishini oldini olish va bu orqali xalqaro maydonda O‘zbekiston brendi nufuzini mustahkamlash maqsadida eksportdan oldin bog‘, dala va mahsulotning fitosanitar tozaligini aniqlash bo‘yicha o‘simliklar karantini inspektorlariga murojaat qilish so‘ralgan.Ma’lumot uchun, uzum mahsulotida aniqlangan zarpechak Yevropa qit’asining barcha mamlakatlarida, jumladan, Rossiya hamda Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika, Okeaniya davlatlarida keng tarqalgan.Zarpechak ildizsiz parazit o‘simlik hisoblanib, barglar hosil qilmaydi. Manzarali va mevali daraxtlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga chirmashadi va fotosintez jarayonlarinining normal kechishiga to‘sqinlik qiladi.Janubiy Amerika pomidor kuyasini Afrika, Yevropa, Janubiy va Shimoliy Amerika, Osiyoda yetishtirilgan mahsulotlarda uchratish mumkin. Zararkunanda asosan pomidorga zarar yetkazib, lichinka sabzavotning bargi, poyasi va hosili bilan oziqlanadi. Janubiy Amerika pomidor kuyasi bilan zararlangan pomidorda o‘ziga xos izlar qoladi. Zararli organizmga qarshi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish, sifatli feromonitoringni yuritish orqali samarali kurashish mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23762477_165:0:2896:2048_1920x0_80_0_0_8e317a589f2b088ebec666fb7b7bcb99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya eksport uzum va pomidor mahsulotlar karantin osti organizmlari rosselxoznadzor
rossiya eksport uzum va pomidor mahsulotlar karantin osti organizmlari rosselxoznadzor
O‘zbekiston eksport qilgan ayrim mahsulotlar zararlanganmi — agentlik javobi
10:16 04.10.2023 (yangilandi: 12:35 04.10.2023) Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaga eksport bo‘lgan uzum va pomidor mahsulotlarida karantin osti organizmlari aniqlanganligi haqida xabarlar tarqaldi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Rosselxoznadzor tomonidan O‘zbekistondan Rossiyaga eksport qilingan uzum va pomidor mahsulotlari zararlangani bo‘yicha e’tiroznoma kelib tushmagan. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi
xabar berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondan Rossiyaga eksport bo‘lgan uzum va pomidor mahsulotlarida karantin osti organizmlari (zarpechak va Janubiy Amerika pomidor kuyasi) aniqlanganligi haqida xabarlar tarqaldi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan o‘rganishlar olib borildi. Qayd etilishicha, holat bo‘yicha Rossiya karantin xizmati (Rosselxoznadzor) tomonidan agentlikka e’tiroznoma (notifikatsiya)lar kelib tushmagan.
“Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida agentlik direktori o‘rinbosari Nodirjon Kasimov Rossiyaga ishchi tashrifi doirasida Rosselxoznadzor vakillari bilan uchrashib, aniqlanayotgan holatlar yuzasidan fikr almashadi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda tadbirkorlardan shu kabi holatlar yuzaga kelishini oldini olish va bu orqali xalqaro maydonda O‘zbekiston brendi nufuzini mustahkamlash maqsadida eksportdan oldin bog‘, dala va mahsulotning fitosanitar tozaligini aniqlash bo‘yicha o‘simliklar karantini inspektorlariga murojaat qilish so‘ralgan.
Ma’lumot uchun, uzum mahsulotida aniqlangan zarpechak Yevropa qit’asining barcha mamlakatlarida, jumladan, Rossiya hamda Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika, Okeaniya davlatlarida keng tarqalgan.
Zarpechak ildizsiz parazit o‘simlik hisoblanib, barglar hosil qilmaydi. Manzarali va mevali daraxtlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga chirmashadi va fotosintez jarayonlarinining normal kechishiga to‘sqinlik qiladi.
Janubiy Amerika pomidor kuyasini Afrika, Yevropa, Janubiy va Shimoliy Amerika, Osiyoda yetishtirilgan mahsulotlarda uchratish mumkin. Zararkunanda asosan pomidorga zarar yetkazib, lichinka sabzavotning bargi, poyasi va hosili bilan oziqlanadi. Janubiy Amerika pomidor kuyasi bilan zararlangan pomidorda o‘ziga xos izlar qoladi. Zararli organizmga qarshi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish, sifatli feromonitoringni yuritish orqali samarali kurashish mumkin.