O‘zbekiston energetika xavfsizligi sohasida ShHT mamlakatlari bilan faol hamkorlik qilmoqda

© Mejdunarodniy press-klubAzim Axmedxodjayev. Arxivnoe foto
Azim Axmedxodjayev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Obuna bo‘lish
Ahmadxo‘jayev Rossiya respublika energetika sohasida sarmoya kiritayotgan asosiy va eng yirik hamkorlardan biri ekanini alohida qayd etdi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari bilan barcha sohada, jumladan, energetika xavfsizligi masalalarini hal etishda faol hamkorlik qilmoqda. Bu haqda mamlakat energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT Energetika forumida ma’lum qildi.
“ShHT, shubhasiz, barcha sohadagi global va mintaqaviy masalalarni hal va tahlil qilishga, jumladan, energetika xavfsizligi masalalarini hal etishga qaratilgan eng muhim maydonlardan biridir”, - dedi u.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bu borada Xitoy bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ahmadxo‘jayev Rossiya respublika energetika sohasida sarmoya kiritayotgan asosiy va eng yirik hamkorlardan biri ekanini alohida qayd etdi.
Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari hozir o‘zbekistonlik mutaxassislar Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan bo‘lgan hamkasblari bilan bu mamlakatlar hududida bir nechta GES qurish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini qo‘shimcha qildi.
Elektr uzatish liniyasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Energetika bozori regulyatori tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0