Mirtemir — biografiya

© ziyouz.uzMirtemir Tursunov
Mirtemir Tursunov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Obuna bo‘lish
Mirtemir – o‘zining betakror she’r va dostonlari, pyesa va nasriy asarlari, quyma tarjimalari bilan adabiyot xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalq shoiri.

Tarjimai holi

Mirtemir Tursunmuhammad o‘g‘li Tursunov 1910-yilda Turkiston shahriga tutash Iqon qishlog‘ida tug‘ildi. U eski maktabni bitirgach, 1921-1923 yillarda Toshkentdagi “Almaiy” nomli bolalar namuna maktabida tarbiyalanadi.
© Biblioteka Xurshida DavronaMirtemir Tursunov
Narodniy poet Uzbekistana Mirtemir Tursunov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Mirtemir Tursunov
So‘ng 1925-yili o‘zbek Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1929-yilda tamomlaydi va shu yili O‘zbekiston davlat pedagogika akademiyasiga o‘qishga kiradi. Ayni vaqtda u O‘zbekiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasining raisi Yo‘ldosh Oxunboboyevning shaxsiy kotibi bo‘lib ishlaydi.

Faoliyati

Mirtemir 30-yillarning boshlarida noma’lum sabablarga ko‘ra qatag‘on etilib, “Moskva-Volga” kanali qurilishiga yuboriladi. Ammo ko‘p o‘tmay, ozod etilib, oz muddat turli o‘quv yurtlarida dars beradi, muharririyatlarda adabiy xodim, teatrlarda adabiy emakdosh, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishlaydi.
O‘zini hamisha xalqidan qarzdor deb bilgan Mirtemir tarjimai holida shunday yozadi: “Boshimga sinovli kunlar ham tushdi. Lekin yozishdan, tarjimadan hech tinmaganman. Urinaman, izlanaman, o‘rganaman. Hali men yozuv stoliga astoydil o‘tirganim yo‘q, hali xalqimga aytishim kerak bo‘lgan gapni aytolganim yo‘q. Mendan non va tuz ayamagan, ham sharaf bag‘ishlagan xalqimga hali men ko‘p qarzdorman”.
© Biblioteka Xurshida DavronaMirtemir Tursunov
Narodniy poet Uzbekistana Mirtemir Tursunov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Mirtemir Tursunov

Ijodi

Uning birinchi she’ri 1926-yilda “Tanburim ovozi” nomi bilan “Yosh leninchi” ro‘znomasida bosilgan. Shoirning “Shu’lalar qo‘ynida” nomli birinchi kitobi esa 1928-yilda chop etilgan. Unda Vatan madhi, mehnat gashti va yosh zamondoshlarning ma’naviy dunyosi tarannum qilingan.
Shoir halq ijodidan ilhomlanib, “Ajdar”, “Dilkusho”, “Suv qizi”, “Oysanamning tuyida” kabi dostonlarni yaratdi. Bu asarlar 30-yilarning ikkinchi yarmidagi o‘zbek she’riyatining rivojlanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan.
Uning urush yillarida yaratilgan “Vabo”, “O‘ch”, “Bu-mening Vatanim”, “Ona shahar”, “Dengiz buyida”, “Mard yigit, yoring bo‘lay”, “Pilla”, “Ko‘zlarim yo‘lingda” kabi she’rlarida dushmanga nafrat hislarini jangovor ruhda ifodalaydi.
Azamat shaharlar burchi-burchi
Yoyilgan elatlar, ellar, aymoqlar.
Xirmonlar uyilgan qirlar to‘shida,
Vodiylar, dalalar, aziz qirg‘oqlar...
Bu - mening Vatanim! Bu - baxt diyori,
Bunda ezgu erk bor - el iftixori.
Urushdan keyingi yillar Mirtemir ijodida zamon bilan hamnafaslik, davrning eng muhim masalalarini, zamondoshlarning barkamol obrazlarini yaratish tamoyili keng o‘rin tutadi.
© ziyouz.uzMirtemir Tursunov
Narodniy poet Uzbekistana Mirtemir Tursunov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Mirtemir Tursunov
Mirtemirning “Qoraqalpoq daftari” she’rlar turkumi o‘zbek she’riyatning 60-yillardagi yutuqlaridandir. Shoirning “Surat” dostoni o‘zbek dostonchiligining eng nodir namunalaridan biridir. Shoirning “Men seni...”, “Chag‘alay”, “Qirg‘iziston”, “Maxtumquli to‘yida”, “Onaginam”, “Qozog‘im”, “Qaydadir buloq” kabi she’rlari xalqlar do‘stligini kuylovchi eng yaxshi asarlardandir.
Qaydadir buloq bor tog‘lar boshida -
Kumush baliqlarning so‘lim o‘lkasi.
Toshlarga urilib oqmoqda oq suv,
To‘lqinlari tiniq va porloq inju.
- Qaylarga shoshasan, pokiza oqim?
- Ulkan dengizga,
Ulkan dengizdagi chiroyli qizga...
Salqin og‘ushimda yoyib qulochin,
U mening mavjimda yuvadi sochin.
Tashnm tablariga bo‘laman darmon,
U menga muntazir, menga nigoron.
- Ha, senga muntazir faqat u emas,
Cheksiz dengsiz emas, cheksiz suv emas,
O‘sha qiz singari talna irmoq ham,
O‘sha dengiz yanglig‘ cheksiz tuproq ham
Senga muntaziru senga nigoron...

Tarjimonlik faoliyati

Mirtemirning tarjimonlik san’ati ham tahsinga loyiqdir. U Aleksandr Pushkinning she’rlarini, Nikolay Nekrasovning “ Rusiyada kim yaxshi yashaydi”, Shota Rustavelining “Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon”, Abay, Maxtumquli va Berdaq asarlarini hamda qirg‘iz xalq eposi “Manas”ni tarjima qilgan.
Mirtemir 1978-yil 25-yanvarda vafot etgan. 1979-yilda unga “Tog‘day tayanchim”she’riy to‘plami uchun Hamza nomidagi davlat mukofoti berilgan.
© Sentr duxovnosti i prosvesheniyaMirtemir Tursunov
Narodniy poet Uzbekistana Mirtemir Tursunov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
Mirtemir Tursunov
1980 yilning 28-noyabrida hassos shoir Mirtemirning yetmish yilligi keng nishonlandi, “Mirtemir”nomli hujjatli film suratga olindi. 1980-1983 yillarda to‘rt tomlik “Saylanma” asarlari chop etildi.
"Domla Mirtemirning “Saratonda soyaboning bo‘loyin…” she’rining o‘zi nechog‘li go‘zal va hissiyotchan bo‘lsa, uni qo‘shiqqa aylantirgan Mahmud Namozov ijrosi ham yuraklarni to‘lqinlantiradi. Zamonaviy o‘zbek qo‘shiqchiligida bunday so‘z, kuy va ijro hamohangligi namoyon bo‘lgan qo‘shiqlar soni barmoqlarimiz sonidan oshmasa kerak", deb yozadi Xurshid Davron.
1977 yil Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat mukofoti, 2002-yil "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan. Poytaxt Toshkentdagi ko‘cha va Andijon viloyati, Bo‘z tumanidagi maktablardan biri Mirtemir nomi bilan ataladi. Shoir tug‘ilgan Eski Iqon qishlog‘ida Mirtemir uy-muzeyi barpo etilgan.
Yangiliklar lentasi
0