https://oz.sputniknews.uz/20231004/endi-kameralar-xavfsizlik-kamaridan-foydalanmagan-haydovchilarni-ham-qayd-etadi--39598844.html
Endi kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanmagan haydovchilarni ham qayd etadi
Endi kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanmagan haydovchilarni ham qayd etadi
Sputnik O‘zbekiston
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga ko‘ra, xavfsizlik kamari bilan bog‘liq qoidalarga amal qilmaslik BHMning 50 foizi (165 ming so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.
2023-10-04T11:38+0500
2023-10-04T11:38+0500
2023-10-04T12:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
kamera
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/03/28733504_0:28:3543:2020_1920x0_80_0_0_0848036b1eca17448921fb5d7c7534f4.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Endi respublika bo‘ylab qoidabuzarlikni aniqlovchi maxsus qurilmalar haydovchilarning transport vositasini boshqarishida xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzishi kabi qoidabuzarliklarni ham qayd etadi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart.Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga ko‘ra, xavfsizlik kamari bilan bog‘liq qoidalarga amal qilmaslik BHMning 50 foizi (165 ming so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.Qaysi bemor yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqmasligi mumkin
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/03/28733504_241:105:2727:1969_1920x0_80_0_0_cd28bc546f02a6527995fef7da6e61a8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kamera xavfsizlik kamari o‘zbekiston javobgarlik jarima
kamera xavfsizlik kamari o‘zbekiston javobgarlik jarima
Endi kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanmagan haydovchilarni ham qayd etadi
11:38 04.10.2023 (yangilandi: 12:00 04.10.2023) Xavfsizlik kamari bilan bog‘liq qoidalarga amal qilmaslik BHM 50 foizi miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Endi respublika bo‘ylab qoidabuzarlikni aniqlovchi maxsus qurilmalar haydovchilarning transport vositasini boshqarishida xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzishi kabi qoidabuzarliklarni ham qayd etadi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib
olishlari shart.Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
o‘quv-mashq transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;
homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar;
xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yo‘lovchilari.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga ko‘ra, xavfsizlik kamari bilan bog‘liq qoidalarga amal qilmaslik BHMning 50 foizi (165 ming so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.