https://oz.sputniknews.uz/20231003/yashil-istemol-kredit-kompensatsiya-39576851.html
“Yashil” iste’mol krediti foizi uchun kompensatsiya ajratiladi
“Yashil” iste’mol krediti foizi uchun kompensatsiya ajratiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Yashil” iste’mol krediti – quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o‘rnatish maqsadlari uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan kredit.
2023-10-03T19:12+0500
2023-10-03T19:12+0500
2023-10-03T19:20+0500
iqtisod
yashil energiya
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_84f0b0011377625ef827a30567652ff1.jpg
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Hukumatning 29-sentabrdagi qarori bilan “Yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi. Unga ko‘ra, Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi tomonidan qiymati BHMning 500 baravaridan (165 mln so‘m) hamda foiz stavkasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplab berish uchun 3-yil muddatgacha kompensatsiya ajratiladi.Kompensatsiya murojaat sanasida tijorat banklarining skoring tizimidan ijobiy xulosa olgan, kreditlar va soliqlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslarning “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha ajratiladi.Hujjatlar jamg‘armaga tushgan sanadan 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda kompensatsiya ajratish yoki kompensatsiya ajratishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.Kompensatsiya ajratish rad etilmagan buyurtma ko‘rib chiqilgandan so‘ng3 ish kunida tijorat bankiga kompensatsiya o‘tkazib beradi.Jamg‘arma tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kompensatsiya ajratishni quyidagi holatlarda to‘xtatadi:Kompensatsiya ajratilgan jismoniy shaxsning yangi “yashil” iste’mol krediti bo‘yicha quyidagi hollarda takroran kompensatsiya ajratilishi mumkin:- amaldagi kredit shartnomasi bo‘yicha kredit qarzdorligi to‘liq qaytarilganda;- “yashil” iste’mol kreditini ajratish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;- jamg‘arma tomonidan kompensatsiya ajratishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilinganda.Ma’lumot uchun, “yashil” iste’mol krediti – quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o‘rnatish maqsadlari uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan kredit.
https://oz.sputniknews.uz/20231003/yashil-energiya-sertifikat-berish-tartib-39566268.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_272:0:2845:1930_1920x0_80_0_0_934443caf29ff77a03e3a3ab5e59f640.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“yashil” iste’mol krediti foizi kompensatsiya
“yashil” iste’mol krediti foizi kompensatsiya
“Yashil” iste’mol krediti foizi uchun kompensatsiya ajratiladi
19:12 03.10.2023 (yangilandi: 19:20 03.10.2023) Kompensatsiya ajratish rad etilmagan buyurtma ko‘rib chiqilgandan so‘ng 3 ish kunida tijorat bankiga kompensatsiya o‘tkazib beradi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Hukumatning 29-sentabrdagi qarori bilan “Yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom
qabul qilindi. Unga ko‘ra, Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi tomonidan qiymati BHMning 500 baravaridan (165 mln so‘m) hamda foiz stavkasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplab berish uchun 3-yil muddatgacha kompensatsiya ajratiladi.
Kompensatsiya murojaat sanasida tijorat banklarining skoring tizimidan ijobiy xulosa olgan, kreditlar va soliqlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan jismoniy shaxslarning “yashil” iste’mol kreditlari bo‘yicha ajratiladi.
Hujjatlar jamg‘armaga tushgan sanadan 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda kompensatsiya ajratish yoki kompensatsiya ajratishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.
Kompensatsiya ajratish rad etilmagan buyurtma ko‘rib chiqilgandan so‘ng3 ish kunida tijorat bankiga kompensatsiya o‘tkazib beradi.
Jamg‘arma tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kompensatsiya ajratishni quyidagi holatlarda to‘xtatadi:
foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinadigan kreditdan maqsadsiz foydalanilganda;
qarz oluvchi to‘lovlar jadvaliga muvofiq bankka to‘lovlarni to‘lash majburiyatlarini3 oy ichida ketma-ket bajarmaganda;
qarz oluvchidan kredit summasi va unga hisoblangan foizlar muddatidanoldin undirilganda;
tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;
qarz oluvchining bank hisobvarag‘idagi mablag‘lari xatlovga olinganda;
qarz oluvchining yoki tijorat bankining taqdim etgan hujjatlarida ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda.
Kompensatsiya ajratilgan jismoniy shaxsning yangi “yashil” iste’mol krediti bo‘yicha quyidagi hollarda takroran kompensatsiya ajratilishi mumkin:
- amaldagi kredit shartnomasi bo‘yicha kredit qarzdorligi to‘liq qaytarilganda;
- “yashil” iste’mol kreditini ajratish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;
- jamg‘arma tomonidan kompensatsiya ajratishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilinganda.
Ma’lumot uchun, “yashil” iste’mol krediti – quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o‘rnatish maqsadlari uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan kredit.