“Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi

© Sputnik / Ilya NaymushinGES
GES  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Obuna bo‘lish
“Yashil energiya” sertifikati birja savdolariga registrant tomonidan standart lotlar asosida sotuvga qo‘yiladi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekistonda “Yashil energiya” sertifikatini berish tartibi belgilandi. Hukumatning 515-sonli qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, sertifikatlarni hisobga olish, savdosini tashkil qilish hamda monitoringini yuritish ishlari emitent nomidan “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi tomonidan amalga oshiriladi.
“Yashil energiya” sertifikati birja savdolariga registrant tomonidan standart lotlar asosida sotuvga qo‘yiladi.

"Savdo sessiyasida sotiladigan bir “yashil energiya” sertifikatining loti 1000 kVt/soat miqdorida belgilanadi", — deyiladi hujjat matnida.

Muayan davr davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan va elektr tarmog‘iga uzatilgan tegishli miqdordagi MVt/soat elektr energiyasi uchun sertifikatlar faqat bir marta beriladi.
Sertifikatning amal qilish muddati chegaralanmaydi. Registrant va emitent o‘rtasida sertifikat chiqarishning standart shartlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Registrant platformada ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlarni I-REC (Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sertifikatlash tashkiloti) bosh ofisiga emitent orqali yuborish to‘g‘risida murojaat yuboradi:
Sertifikat chiqarishning standart shartlari to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasi;
oxirgi 12 oylik buxgalteriya balansi va tashqi audit xulosasi (audit qilingan bo‘lsa);
CSD01 shaklidagi to‘ldirilgan va imzolangan co‘rovnoma (korxonaning umumiy, rahbariyat va aksiyadorlar to‘g‘risidagi hamda aloqa ma’lumotlari).
Generatsiya obyektini ro‘yxatga olish uchun registrant tomonidan emitentga quyidagi miqdordagi bir martalik yig‘im amalga oshirilayotgan sanadagi Markaziy bankning rasmiy valyuta kursi bo‘yicha milliy valyutada undiriladi:
quvvati 3 MVtgacha bo‘lgan generatsiya obyektlari uchun – 500 Yevro miqdorida;
quvvati 3 MVtdan katta bo‘lgan generatsiya obyektlari uchun – 1 000 Yevro miqdorida.
Ro‘yxatdan o‘tuvchining arizasi yig‘im undirilgandan so‘ng emitent tomonidan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatdan o‘tkaziladi va generatsiya obyekti platformaga kiritiladi.
Generatsiya obyekti platformada bo‘lish muddati 5-yilni tashkil etadi, ushbu muddat tugagandan so‘ng generatsiya obyektni qayta ro‘yxatga olish talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston energetika tizimida birinchi bo‘lib “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy etildi. Endilikda yashil sertifikatlar birja savdosi orqali mahalliy va xorijiy hamkorlarga sotila boshlaydi. Aytilishicha, 2030-yilga kelib iqtisodiyotda energiya samaradorligi 2 karra oshirilib, qariyb 50 milliard kilovatt soat “yashil energiya” ishlab chiqariladi. 10 ming kilometr magistral va 110 ming kilometr hududiy elektr tarmoqlari barpo etiladi.
Plotina GES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2023
O‘zbekistonda ilk bor joriy etilgan “yashil energiya” sertifikati nima uchun kerak
Yangiliklar lentasi
0