Sharof Rashidov — biografiya

© Sputnik / PensonSharof Rashidov
Sharof Rashidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Obuna bo‘lish
Sharof Rashidov — taniqli adib va yirik jamoat arbobi.

Sharof Rashidov bolaligi

Taniqli adib va yirik jamoat arbobi Sharof Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzax shahri atrofidagi Sovungarlik qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi Rashid Halilov yetti pushti dehqon bo‘lib suyagi mehnatda qotgan, umri qora mehnatda o‘tganligiga qaramasdan oilasida bilim olishga intilish juda kuchli edi.
© Sputnik / A. VarfolomeyevSharof Rashidov
Perviy sekretar SK KP Uzbekskoy SSR Sharaf Rashidovich Rashidov vo vremya vistupleniya na XVII-m syezde Kommunisticheskoy partii Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Sharof Rashidov
Sharof Rashidov 1924-yili 7 yoshida Jizzaxdagi yetti yillik Narimonov nomidagi 10- o‘rta maktabning birinchi sinfiga qabul qilindi. Bu maktabda turli yillarda atoqli shoir Hamid Olimjon, yozuvchi Nasrullo Oxundov, akademik O‘ktam Oripov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Nazir Safarov, dramaturg va davlat arbobi Sarvar Azimov, taniqli bolalar shoiri Shukur Sa’dulla kabi taniqli insonlar tahsil olishgan.
Aytishlaricha, Sharof Rashidovning xotirasi o‘tkir bo‘lib, fanlarni juda yengil o‘zlashtirgan. 1932-yili maktabni bitirgach, Jizzax pedagogika texnikumiga o‘qishga kirdi. Texnikumda u nafaqat a’lochi talaba, balki yaxshigina tashkilotchi sifatida ham namoyon bo‘ldi: u texnikum kasaba uyushmasiga rais etib saylandi. Shu yillari Sharof Rashidovning adabiyotdagi qobiliyati ham bo‘y ko‘rsatdi. U she’rlar yozib, texnikum devoriy gazetasida e’lon qilib bordi.

Yoshlik davri

1935 yili texnikumni bitirib, ikki yil maktabda o‘qituvchilik qilgan Sharof Rashidov 1937-yili Samarqanddagi O‘zbekiston davlat universitetiga o‘qishga kirdi. Talabalik yillarida ijod bilan shug‘ullanib, she’rlar va kichik hikoyalar yozish bilan birgalikda, Samarqanddagi “Lenin yo‘li” gazetasida muxbir, mas’ul kotib, muharrir muovini bo‘lib ishlaydi. O‘qishni bitirish arafasida gazeta muharriri lavozimida faoliyat yuritadi.
© Foto, Iz lichnogo arxiva Sadullo MuxammadkulovaSharof Rashidov
Sadullo Muxammadkulov i Sharof Rashidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Sharof Rashidov

Frontda

1941 yilda boshlangan urush ko‘plar qatori Sharof Rashidovning ham hayotiy rejalarini o‘zgartirib yubordi. Shu yilning noyabrida Frunze (hozirgi Bishkek) piyodalar harbiy bilim yurtini tezlashtirilgan dastur asosida tugatgandan so‘ng Kalinin frontiga jo‘natildi. 1941-yil dekabrida Moskva ostonalaridagi janglarda qatnashdi. 1942-yilning oxirlarida chap qo‘lidan og‘ir yarador bo‘ldi.

Faoliyati

Tibbiy ko‘rikda yaroqsiz deb topilgandan so‘ng ona diyori Jizzaxga qaytib keldi. Bu yerda uni o‘zi o‘qigan maktabga direktor etib tayinlashadi. 1941-1947 yillarda Samarqand viloyat partiya tashkilotining kotibi sifatida faoliyat yuritadi.
© Sputnik / Vasiliy MalishevFidel Kastro O‘zbekistonga tashrifi
Vizit v SSSR Predsedatelya Soveta Ministrov Respubliki Kuba Fidelya Kastro Rus. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Fidel Kastro O‘zbekistonga tashrifi
1947- 1949-yillarda “Qizil O‘zbekiston” (“O‘zbekiston ovozi”) gazetasiga muharrirlik qiladi. 1949-1950 yillarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi, 1950- 1959-yillarda O‘zbekiston Oliy kengashi rayosatining raisi, 1959 -1983 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi bo‘lib ishlaydi.

Ijodi

Rashidovning ijodi 30-yillarning ikkinchi yarmida boshlangan. U dastlab she’riyatda qalam tebratib, “Samarqand kuylari” nomi bilan birinchi she’riy to‘plamini e’lon qilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan she’rlari 1945-yilda “Qahrim” to‘plamida chop etilgan. U ayni chog‘da adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan.
© Sputnik / Vsevolod TarasevichSharof Rashidov
Perviy sekretar SK KPSS Uzbekistana Sharaf Rashidov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Sharof Rashidov
Sharof Rashidov ijodida maqolanavislik muhim o‘rinni egallaydi. Shuning uchun xam uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchilik qiladi. Adibning “G‘oliblar”(1953) qissasi 1972-yilda qayta ishlanib “G‘oliblar” romani sifatida nashr etiladi. “Bo‘rondan kuchli” (1958), “Qudratli to‘lqin” (1964) romanlari yaratiladi. Ularda o‘zbek xalqning urushdan keyingi tiklanish yillaridagi mehnat jasorati o‘z badiiy ifodasini topgan.
Ijodkorning “Kashmir qo‘shig‘i” (1957), “Komde va Mudan” (1959) kabi lirik qissalari va “Koinot” (1960) kabi kinoqissasi an’anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zallik, hayot nashidasi madhiga bag‘ishlangan. Adib hayotining so‘nggi yillarida yaratgan “Dil amri” qissasi urush yillarida Belarus zaminida kechgan jangchilarning g‘alaba yulida olib borgan hayot mamot kurashi tasviriga bag‘ishlangan.
© Sputnik / Vladimir ChistakovSharof Rashidov
Generalniy sekretar SK Narodno-demokraticheskoy partii Afganistana, Predsedatel Revolyutsionnogo soveta DRA Babrak Karmal (vtoroy sprava) i perviy sekretar SK Kompartii Uzbekistana Sharaf Rashidov (vtoroy sleva); - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Sharof Rashidov
O‘zbek adabiyotining jahonda eng ko‘p tarqalgan asarlaridan biri, shubhasiz eng ko‘p tarqalgani ham “Kashmir qo‘shig‘i” qissasidir. She’riy parchalar bilan omuxta qilingan, hajman kichik bu nasriy qissa jahonning 56 tiliga tarjima qilingan.
“Kashmir qo‘shig‘i” bizdagi eng jahongashta obida bo‘lishi bilan mashhur. Nima sababdan bu asar dunyodagi ko‘pchilik xalqlarga manzur bo‘ldi? Ko‘hna hind diyorida bir afsona sifatida dunyoga kelib, o‘zbek tilida yozma adabiyot namunasiga aylandi, sungra rus tiliga ikki marta tarjima qilinib, Kremldagi Syezlar saroyida balet maqomida namoyish etildi. “Kashmir qo‘shig‘i”ning favqulodda katta shuhrat topishining sababi nimada?
Sababi, unda muhabbat va erk, xalqlar ozodligi uchun kurash g‘oyalarining o‘ziga xos yo‘sinda tarannum etilishidir.

Oilasi

Sharof Rashidov turmush o‘rtog‘i Xursand G‘afurovna bilan to‘rt qiz va bir o‘g‘ilni tarbiyalab voyaga yetkazishdi. Ularning barchasi jamiyatda o‘z o‘rnini topgan, mashhur otasiga munosib farzandlar bo‘lib yetishdi. Qizi Sayyora Rashidova O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi. U 1995-yildan 2015-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson xuquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bo‘lib faoliyat yuritdi.
© Sputnik / Vasiliy Malishev / Mediabankka o‘tishUrxo Kaleva Kekkonen va Sharof Rashidov
Urxo Kaleva Kekkonen i Sharaf Rashidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Urxo Kaleva Kekkonen va Sharof Rashidov
O‘g‘li Ilhom Sharofovich Rashidov SSSR Davlat xavfsizlik komiteti oliy maktabini bitirib, shu sohada xizmat qildi.
Qizlari Gulnora, Sevara va Dinora ham jamiyatda o‘z o‘rnini topgan insonlardan.

Xulosa o‘rnida

Sharof Rashidov uzoq vaqt juda katta mavqega ega shaxsdir. U to‘qqiz yil O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumiga, salkam yigirma besh yil O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetiga rahbarlik qildi. U o‘zining 66-yillik umrining yarmidan ko‘pini bevosita respublikani boshqarishga sarfladi. Yozuvchi sifatida ham o‘z davri muammolari, quvonch va tashvishlarini yoritishga xarakat qildi.
Sharof Rashidov hayot yo‘lidagi eng yorqin foto-suratlari
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2017
Mirziyoyev: Sharof Rashidov el-yurtimiz uchun fidoyi rahbar, betakror va benazir shaxs edi
Yangiliklar lentasi
0