Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya berish yana boshlandi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishKlyuchi ot kvartiri
Klyuchi ot kvartiri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Obuna bo‘lish
Subsidiyalar bir oilaga faqat 1-marta beriladi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya berish yana boshlandi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.
Subsidiya olishga 18 yoshga to‘lgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.
Subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi.
Hujjatga ko‘ra:
qishloqlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 so‘mgacha);
Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming so‘mgacha);
Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 so‘mgacha) bo‘lgan oilalar yuqori daromadga ega emas, deya e’tirof etiladi.

Subsidiya uchun ariza yuborish tartibi

Fuqarolarimiz ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.
Murojaatchi portalining “Mening arizalarim” bo‘limiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan so‘ng javobda ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat)tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
Subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1-marta beriladi.
Kalkulyator i dom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2023
Ipoteka kreditlari va subsidiyalarni olish tartibi o‘zgardi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0