https://oz.sputniknews.uz/20230413/ipoteka-kredit-subsidiya-tartib-33889554.html
Ipoteka kreditlari va subsidiyalarni olish tartibi o‘zgardi — tafsilotlar
Ipoteka kreditlari va subsidiyalarni olish tartibi o‘zgardi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Endi fuqarolar arzonroq va rasmiy daromadsiz kredit olishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, subsidiyadan o‘z vaqtida foydalanmagan fuqarolarga qayta ariza topshirish imkoniyati beriladi.
2023-04-13T15:50+0500
2023-04-13T15:50+0500
2023-04-13T15:54+0500
o‘zbekiston
kredit
yangi farmon
subsidiya
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/02/15310027_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_14c6a14b2cc9813878c4485cc4c84f55.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Endi dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqarolarga arzonroq kredit olish imkoniyati beriladi. Bu haqda 13-aprel kuni prezident tomonidan qabul qilingan farmonda nazarda tutilgan, deya xabar berdi O‘zA.Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash yuzasidan yangi farmon qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, ipoteka kreditlari va subsidiyalarni ajratish tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.Ipoteka kreditlarini ajratish tartibiBanklarga ipoteka kreditlarini rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ham ajratishga ruxsat etildi. Bunda, ushbu fuqarolarning to‘lov qobiliyati ularning bank kartasidagi aylanmasi, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarini hisobga olish orqali aniqlanadi.Banklarga dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi berildi. Bunda, dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqaro arzonroq kredit olish imkoniga ega.Subsidiyalarni ajratish tartibiSubsidiyaga ajratilgan mablag‘larni tezroq ishlatish uchun, subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushirildi. Bunda, fuqaro 4 oyda sertifikatdan foydalana olmasa, u subsidiyaga qayta ariza topshirishi mumkin.Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Xalqparvar komissiyalarining xulosasiga asosan xato ajratilgan subsidiya sertifikatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bekor qilish va to‘lovlarni to‘xtatish huquqi berildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/02/15310027_198:0:2721:1892_1920x0_80_0_0_b1f647174a19c402183c530b7da1be73.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ipoteka kredit subsidiya yangi farmon
o‘zbekiston ipoteka kredit subsidiya yangi farmon
Ipoteka kreditlari va subsidiyalarni olish tartibi o‘zgardi — tafsilotlar
15:50 13.04.2023 (yangilandi: 15:54 13.04.2023) Endi fuqarolar arzonroq va rasmiy daromadsiz kredit olishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, subsidiyadan o‘z vaqtida foydalanmagan fuqarolarga qayta ariza topshirish imkoniyati beriladi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Endi dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqarolarga arzonroq kredit olish imkoniyati beriladi. Bu haqda 13-aprel kuni prezident tomonidan qabul qilingan farmonda nazarda tutilgan, deya xabar berdi
O‘zA. Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash yuzasidan yangi farmon qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, ipoteka kreditlari va subsidiyalarni ajratish tartibiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Ipoteka kreditlarini ajratish tartibi
Banklarga ipoteka kreditlarini rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ham ajratishga ruxsat etildi. Bunda, ushbu fuqarolarning to‘lov qobiliyati ularning bank kartasidagi aylanmasi, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarini hisobga olish orqali aniqlanadi.
Banklarga dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi berildi. Bunda, dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqaro arzonroq kredit olish imkoniga ega.
Subsidiyalarni ajratish tartibi
Subsidiyaga ajratilgan mablag‘larni tezroq ishlatish uchun, subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushirildi. Bunda, fuqaro 4 oyda sertifikatdan foydalana olmasa, u subsidiyaga qayta ariza topshirishi mumkin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Xalqparvar komissiyalarining xulosasiga asosan xato ajratilgan subsidiya sertifikatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bekor qilish va to‘lovlarni to‘xtatish huquqi berildi.