https://oz.sputniknews.uz/20231002/sanepidqomita-hindistonga-bormoqchi-bolgan-ozbekistonliklarni-ogohlantirdi-39507945.html
Sanepidqo‘mita Hindistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
Sanepidqo‘mita Hindistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Nipah virusi – bosh miya yallig‘lanishi yoki nafas yo‘llari kasalliklari bilan kechadigan jiddiy kasallikni keltirib chiqaradigan virus turi hisoblanadi. Virusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhim
2023-10-02T11:49+0500
2023-10-02T11:49+0500
2023-10-02T11:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
hindiston
virus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/14/30907457_0:32:3045:1745_1920x0_80_0_0_5c82b211614ace6e366fe00c9ff1f22b.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston Sanitatariya-epidemiologiya qo‘mitasi Hindistonga borish istagida bo‘lganlarni Nipah virusidan ogohlantirdi.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonning Kerala shtatida Nipah virusi avj olayotgani haqidagi ma’lumotini taqdim etdi. Joriy yilning 22-sentabr holatiga ko‘ra, Nipah infeksiyasi bo‘yicha oltita holat tasdiqlangan bo‘lib, ikkita o‘lim holati yuz bergan.Qo‘mita savdo-sotiq ishlari bo‘yicha boruvchi tadbirkorlar yoki sayohat uchun Hindistonga borishga chog‘langan o‘zbekistonliklarga mazkur virusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhimligini eslatdi:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/14/30907457_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_cb99a7e83bd41ad554316f2ab12a752b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hindiston nipah virusi kasallik ma’lumot nipax virus
hindiston nipah virusi kasallik ma’lumot nipax virus
Sanepidqo‘mita Hindistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
Joriy yilning 22-sentabr holatiga ko‘ra, Nipah infeksiyasi bo‘yicha oltita holat tasdiqlangan bo‘lib, ikkita o‘lim holati yuz bergan.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston Sanitatariya-epidemiologiya qo‘mitasi Hindistonga borish istagida bo‘lganlarni Nipah virusidan
ogohlantirdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonning Kerala shtatida Nipah virusi avj olayotgani haqidagi ma’lumotini taqdim etdi. Joriy yilning 22-sentabr holatiga ko‘ra, Nipah infeksiyasi bo‘yicha oltita holat tasdiqlangan bo‘lib, ikkita o‘lim holati yuz bergan.
Nipah virusi – bosh miya yallig‘lanishi yoki nafas yo‘llari kasalliklari bilan kechadigan jiddiy kasallikni keltirib chiqaradigan virus turi hisoblanadi.
Qo‘mita savdo-sotiq ishlari bo‘yicha boruvchi tadbirkorlar yoki sayohat uchun Hindistonga borishga chog‘langan o‘zbekistonliklarga mazkur virusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhimligini eslatdi:
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish;
mevalarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
yangi siqilgan xurmo sharbatini qaynatib ichish;
asosiysi ko‘rshapalaklar tirnashi yoki tishlashi natijasida teshilgan mevalarni iste’mol qilmaslik.