Ertadan Uzbekistan Airways Domodedovo va Vnukovo aeroportlariga reyslarni amalga oshiradi

© Uzbekistan AirwaysUzbekistan Airways
Uzbekistan Airways  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Airways 1-oktabrdan Domodedovo va Vnukovoga parvozlarni amalga oshiradi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Uzbekistan Airways 1-oktabrdan Rossiyaning Moskva shahriga parvozlarni amalga oshiradi, deya xabar berdi aviakomaniya matbuot xizmati.
Uzbekistan Airways 1-oktabrdan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va sayohat qilish uchun aeroport tanlash imkoniyatini yaratish maqsadida Domodedovo va Vnukovoga parvozlarni amalga oshiradi.
Toshkentdan Domodedovo xalqaro aeroportiga amalga oshirililadigan qatnovlar:
Toshkentdan Domodedovoga - HY601/602 va HY603/604 aviaqatnovlari;
Vnukovo xalqaro aeroportiga - Toshkentdan Moskvaga va ortga qaytuvchi - HY613/614, HY611/612, HY9613/9614, HY9813/9814 aviaqatnovlar, shuningdek Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Termiz, Urganch va Nukusdan Moskvaga va ortga qaytuvchi qatnovlari.
Vnukovo aeroporti, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
“Uzbekistan Airways” aksariyat reyslarini yana Vnukovo aeroportiga o‘tkazadi
Yangiliklar lentasi
0