“Uzbekistan Airways” aksariyat reyslarini yana Vnukovo aeroportiga o‘tkazadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVnukovo aeroporti, arxiv surat
Vnukovo aeroporti, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
Aviakompaniya yo‘lovchilarga Moskvaning Domodedovo va Vnukovo aeroportlari orasida tanlash imkonini taqdim etishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 1-oktabrdan Moskvaga uchadigan aksariyat reyslari Vnukovo aeroportiga amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bu qaror yo‘lovchilarga yanada qulay sharoitlarni yaratib berish maqsadida qabul qilingan.
Qayd etilishicha, 1-oktabrdan HY601/602 va HY603/604 aviaqatnovlari Toshkentdan Domodedovo xalqaro aeroportiga (DME) amalga oshirilishi davom etadi.
Toshkentdan Moskvaga va ortga qaytuvchi HY613/614 aviaqatnovlari, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qarshi, Termiz, Urganch va Nukusdan Moskvaga va ortga qaytuvchi reyslar Vnukovo xalqaro aeroportiga (VKO) amalga oshiriladi.
Aviakompaniya 22-sentabrdan Moskva Vnukovoga/dan aviachiptalarni xarid qilish mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airways” 2021-yil 14-iyun kuni Vnukovo aeroportidan so‘nggi parvozini amalga oshirgan edi va barcha reyslarini Domodedovoga o‘tkazgan edi.
Yangiliklar lentasi
0