Situatsiya na meste vzriva v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
28 sentabr kuni soat 03:00da FVV Toshkent shahar Boshqarmasi navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Sergelidagi uylarga yetkazilgan zarar nega davlat hisobidan qoplanayotgani ma’lum qilindi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovSergeli tumanidagi portlashdan shikastlangan uylr.
Sergeli tumanidagi portlashdan shikastlangan uylr. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati: tergov va sud ishlari yakuniga yetgach, ta’mirlash uchun zaxiradan ishlatilgan pullar tiyin-tiyinigacha aybdorlardan sud orqali undirib olinadi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergov harakatlari va sud jarayoni ko‘p vaqt talab etadi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida ro‘y bergan favqulodda hodisa tufayli aholi uylariga yetkazilgan zararning davlat hisobidan qoplab berilayotgani turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Chindan ham, fuqarolik va jinoyat qonunchiligi bo‘yicha xususiy tadbirkorning noqonuniy harakatlari oqibatida boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni davlat emas, balki aybli harakat sodir qilgan tadbirkorning o‘zi qoplab berishi kerak.
"Lekin nega bunday qilinyapti, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Gap shundaki, protsessual qonunchilikka ko‘ra, sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida yetkazilgan zarar bo‘yicha aybdorlarni aniqlash va ularning harakatlariga huquqiy baho berish hamda zarar qoplash bo‘yicha tergov harakatlari va sud jarayoni ko‘p vaqt talab etadi", — deyiladi xabarda.
Bugungi kunda mazkur holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ana shu jihatlarni inobatga olib, yong‘in oqibatida xonadonlariga talofat yetgan fuqarolarni sovuq tushmasdan tezroq uylariga kiritish bo‘yicha hukumat oldiga qat’iy topshiriq qo‘ygan va uning ijrosini shaxsan prezident doimiy nazorat qilib turibdi.
"Bundan tashqari, Konstitutsiyaning 23-moddasida davlat o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi belgilangan. Shu bois, tergov va sud jarayonlari yakuniga yetguniga qadar ta’mirlashga kerak bo‘ladigan mablag‘lar zaxira jamg‘armasidan ishlatib turilibdi", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Xabarda tergov va sud ishlari yakuniga yetgach, ta’mirlash uchun zaxiradan ishlatilgan pullar tiyin-tiyinigacha aybdorlardan sud orqali undirib olinishi aytilgan.
Toshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
Sergelidagi yong‘in: omborxona portlashiga oid asosiy xabarlar
Yangiliklar lentasi
0