Situatsiya na meste vzriva v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
28 sentabr kuni soat 03:00da FVV Toshkent shahar Boshqarmasi navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Sergelidagi yong‘in: omborxona portlashiga oid asosiy xabarlar

© AFP/TEMUR ISMAILOVToshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Toshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Obuna bo‘lish
Portlash oqibatida 18,4 gektar yer maydonda joylashgan omborxonada taxminan 10 000 kv. m. maydonda yong‘in kelib chiqqan.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Bugun, 28-sentabr kuni, Toshkent shahar Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro‘y bergan hududga yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlarini amalga oshirdi va yong‘in soat 05:02 da qurshab olingan.
© AFP/TEMUR ISMAILOVToshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Spasateli rabotayut nad podnyatiyem dima 28-sentabrya 2023 goda na meste vzriva na sklade nedaleko ot aeroporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Portlash oqibatida 18,4 gektar yer maydonda joylashgan omborxonada taxminan 10 000 kv. m. maydonda yong‘in kelib chiqqan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi. Yong‘in joyiga O‘zbekiston bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Abdulla Aripov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bojxona boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi xizmatlarning rahbarlari chiqqan.
Voqea joyida tegishli tashkilot va xizmatlar hamkorligida tezkor Shtab tashkil etildi.
Toshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Situatsiya na meste vzriva v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Yong‘inni bartaraf etish ishlariga, FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi. Dastlabki o‘rganish ishlariga ko‘ra 15 ming kv.m omborxona maydonida yong‘in o‘chirilib, 30 ming kv.m maydoni saqlab qolindi.
Toshkent shahar hokimligining dastlabki axborotiga ko‘ra, hududdagi 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgani aniqlandi. Shuningdek, hududdagi 24 ta ko‘p qavatli uy va 25 ta hovlining fasad, oyna-rom va tom qismi zarar ko‘rgan.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovToshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Posledstviya vzriva na sklade v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
IIVga ko‘ra, Sergelidagi portlash bo‘yicha Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Portlash oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 162 nafarni tashkil etmoqda. Shundan jami 24 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filiali, Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasi, 1-sonli Respublika va 1-sonli shahar klinik shifoxonalari hamda 1-sonli shahar tug‘uruqxonasiga yotqizildi. Qolgan 134 nafar jabrlangan aholi vakilining salomatligi yaxshi bo‘lganligi uchun ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.
© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovToshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Likvidatsiya posledstviy vzriva na sklade v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Hodisa oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir voqea joyida vafot etgan va shifoxonaga tiriklik alomatlari bo‘lmagan holda olib kelingan. Yuqoridagi shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar orasida o‘ta og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q. Ularning salomatligi qoniqarli.
© Tuychi MirzayevToshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Moshniy vzriv proizoshol nochyu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Yong‘in sodir bo‘lgan hududga yaqin bo‘lgan metropolitenning Yer usti halqa yo‘lining "Quruvchilar" bekatining me’moriy qismini yengil shikastlagan, ammo bu holat yo‘lovchi va poyezdlarning harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan. Barcha metro bekatlarida poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida olib borildi.
© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovToshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Likvidatsiya posledstviy vzriva na sklade v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Yong‘indan jabrlangan aholiga 3 mahal ovqat tashkil qilindi. Jabr ko‘rgan aholi doimiy nazoratga olingan. Ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan birgalikda, hamshiralar biriktirilgan.
Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan hamkorlikda olib borilmoqda.
Hukumat komissiyasi uch kun muddatda omborxonada yuz bergan favqulodda holat sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Shuningdek, favqulodda holat oqibatida zarar yetkazilgan har bir uy-joyni, jumladan, aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uy-joylarning fasad qismlari, deraza va romlari hamda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan boshqa bino va inshootlarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish bo‘yicha moddiy yordam ko‘rsatadi.
Toshkent shahri Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlash oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarn 1205 qisqa raqamiga murojaat etishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0