https://oz.sputniknews.uz/20230929/sergeli-portlash-byd-avtomobillar-utilizatsiya-39426257.html
Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilishga yuboriladi
Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilishga yuboriladi
Sputnik O‘zbekiston
BYD kompaniyasi: hodisaga elektr transport vositalarining aloqadorligi yoki boshqa faktlar haqidagi ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz.
2023-09-29T07:56+0500
2023-09-29T07:56+0500
2023-09-29T08:03+0500
toshkentdagi omborda kuchli portlash
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39399977_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_5a68a244d37e52105e564a306b40f93c.jpg
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanida yuz bergan portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilishga yuboriladi, deya xabar berdi Xitoy kompaniyasi.Kecha Sergeli tumanidagi bojxona ombori hududida portlash sodir bo‘lib, uning sabablari va holatlari hozirda maxsus xizmatlar tomonidan o‘rganilmoqda.Voqea sodir bo‘lgan vaqtda bojxona omboriga tutash hududda BYD rusumli avtomobillar ham bo‘lgan. Afsuski, ularning ba’zilari portlash to‘lqini va shisha parchalaridan yuzaki zarar ko‘rgan.Xabarda portlash sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganligi va yakuniy ekspert xulosasi yo‘qligi sababli, hodisaga elektr transport vositalarining aloqadorligi yoki boshqa faktlar haqidagi ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘ralgan.Kompaniya shuningdek, fojiali hodisa tufayli barcha jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230928/sergelidagi-yongin-oborxona-portlashiga-oid-asosiy-xabarlar-39411524.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39399977_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_9f28cf201ccf2a042811d439a7ede80e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xitoy toshkent sergeli yong‘in portlash byd kompaniyasi utilizatsiya
o‘zbekiston xitoy toshkent sergeli yong‘in portlash byd kompaniyasi utilizatsiya
Sergelidagi portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilishga yuboriladi
07:56 29.09.2023 (yangilandi: 08:03 29.09.2023) BYD kompaniyasi: hodisaga elektr transport vositalarining aloqadorligi yoki boshqa faktlar haqidagi ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanida yuz bergan portlashda shikastlangan BYD avtomobillari utilizatsiya qilishga yuboriladi, deya xabar berdi
Xitoy kompaniyasi. Kecha Sergeli tumanidagi bojxona ombori hududida portlash sodir bo‘lib, uning sabablari va holatlari hozirda maxsus xizmatlar tomonidan o‘rganilmoqda.
Voqea sodir bo‘lgan vaqtda bojxona omboriga tutash hududda BYD rusumli avtomobillar ham bo‘lgan. Afsuski, ularning ba’zilari portlash to‘lqini va shisha parchalaridan yuzaki zarar ko‘rgan.
“Barcha shikastlangan avtomobillar utilizatsiya qilishga yuboriladi, zero bu xavfsizlik va atrof-muhitni saqlash nuqtayi nazaridan muhimdir. Avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha barcha majburiyatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bajariladi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda portlash sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganligi va yakuniy ekspert xulosasi yo‘qligi sababli, hodisaga elektr transport vositalarining aloqadorligi yoki boshqa faktlar haqidagi ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘ralgan.
Kompaniya shuningdek, fojiali hodisa tufayli barcha jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.