https://oz.sputniknews.uz/20230928/sergelidagi-portlash-jinoyat-ishi-39399114.html
Sergelidagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sergelidagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sputnik O‘zbekiston
28 sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi. SSV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda. 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir bola esa voqea joyida vafot etgan.
2023-09-28T11:53+0500
2023-09-28T11:53+0500
2023-09-28T12:13+0500
toshkentdagi omborda kuchli portlash
jamiyat
toshkent
portlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39388670_0:76:1280:796_1920x0_80_0_0_de304cb14ab05eac8ed0f174a80e80c6.jpg
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Inter Logistics“ MChJ omborxonasida yuz bergan portlash yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.Eng so‘nggi tezkor xabarlar, foto, video bizning (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.Hozir jinoyat ishi yuzasidan tegishli idoralarning mutaxassislaridan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilgan. Yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tegishli ekspertizalar tayinlangan. Kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.Vazirlik voqea tafsilotlari yuzasidan axborot berib borilishini qo‘shimcha qilgan.Eslatib o‘tamiz, 28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi. SSV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda. 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir bola esa voqea joyida vafot etgan.Hodisa tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230928/toshkentdagi-portlash-foto-video-39384244.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39388670_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_0c0d9780fb17983dc23c2c4d2d18c269.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sergelidagi portlash jinoyat ishi toshkent kuchli portlash video surat
sergelidagi portlash jinoyat ishi toshkent kuchli portlash video surat
Sergelidagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:53 28.09.2023 (yangilandi: 12:13 28.09.2023) Jinoyat ishi yuzasidan tegishli idoralarning mutaxassislaridan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilgan.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Inter Logistics“ MChJ omborxonasida yuz bergan portlash yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati
ma’lum qildi. Eng so‘nggi tezkor xabarlar, foto, video bizning (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing. “Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, - deyilgan xabarda.
Hozir jinoyat ishi yuzasidan tegishli idoralarning mutaxassislaridan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilgan. Yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tegishli ekspertizalar tayinlangan. Kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Vazirlik voqea tafsilotlari yuzasidan axborot berib borilishini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash
sodir bo‘ldi. SSV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda. 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir bola esa voqea joyida
vafot etgan.Hodisa tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi
tuzilgan.