Situatsiya na meste vzriva v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
28 sentabr kuni soat 03:00da FVV Toshkent shahar Boshqarmasi navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Vzriv proizoshel na sklade v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston

Toshkentdagi kuchli portlash: ayni damda nimalar sodir bo‘lmoqda — foto, video

Obuna bo‘lish
Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
28 sentabr kuni soat 03:00da FVV Toshkent shahar Boshqarmasi navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro‘y bergan hududga yetib borib, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Yong‘in soat 05:02 da qurshab olingan.
Yong‘in kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida FVVning maxsus laboratoriyasi hodisa joyida ish olib bormoqda.
Yong‘in maydoni hamda jabrlanuvchilar soni haqidagi ma’lumotlarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Mundarija
Avval yangilariAvval eskilari
10:30 29.09.2023
10:28 29.09.2023
Sergelidagi portlash oqibatida tovar to‘liq yaroqsiz holatga kelgan bo‘lsa, ushbu tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmaydi.
Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati bosh inspektori Husan Tangriyev ma’lum qildi.
Sergeli tumanidagi favqulodda holat sodir bo‘lgan omborda bojxona organlari tomonidan qator chora-tadbirlar davom ettirilmoqda. Xususan, Bojxona qo‘mitasi tomonidan maxsus ishchi guruh tashkil qilingan bo‘lib, yong‘indan zarar ko‘rgan bojxona nazorati ostidagi tovarlar to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda.
Tovarlarning kelgusidagi bojxona nazorati qay tartibda amalga oshirilishi yuzasidan tadbirkorlarga to‘liq tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
10:28 29.09.2023
Uyga kirishga qo‘rqayapman — Toshkentdagi portlash guvohlari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
“Uyga kirishga qo‘rqapman”: Toshkentdagi portlash guvohlari
17:46 28.09.2023
Sergelidagi yong‘indan zarar ko‘rganlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi
Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi farmoyishi qabul qilindi.
17:21 28.09.2023
17:07 28.09.2023
Sergeli tumanidagi 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgan — Toshkent shahar hokimligi.
Likvidatsiya posledstviy vzriva na sklade v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston
15:56 28.09.2023
14:55 28.09.2023
13:58 28.09.2023
13:57 28.09.2023
Yong‘indan jabrlangan aholiga 3 mahal ovqat tashkil qilingan – Sergeli hokimi
Elbek Shukurovning aytishicha, yong‘indan jabr ko‘rgan aholi doimiy nazoratga olingan.
Ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan birgalikda, hamshiralar biriktirilgan.
12:05 28.09.2023
11:56 28.09.2023
Sergelidagi portlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
IIVga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Portlash oqibatida 18,4 gektar yer maydonda joylashgan omborxonada taxminan 10 000 kv. m. maydonda yong‘in kelib chiqqan.
11:41 28.09.2023
11:40 28.09.2023
Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatmoqda
11:35 28.09.2023
Eng so‘nggi tezkor xabarlar bizning Telegram-kanalimizda (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
11:24 28.09.2023
11:14 28.09.2023
Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiya tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berilib boriladi.
11:08 28.09.2023
Bir nafar o‘smir halok bo‘ldi, 163 nafar kishi jabrlandi
Portlash oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda.
Shundan jami 24 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toshkent viloyati filiali, Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasi, 1-sonli Respublika va 1-sonli shahar klinik shifoxonalari hamda 1-sonli shahar tug‘uruqxonasiga yotqizildi.
Qolgan 134 nafar jabrlangan aholi vakilining salomatligi yaxshi bo‘lganligi uchun ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.
Hodisa oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir voqea joyida vafot etgan va shifoxonaga tiriklik alomatlari bo‘lmagan holda olib kelingan.
Ayni paytda yuqoridagi shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar orasida o‘ta og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q. Ularning salomatligi qoniqarli.
10:56 28.09.2023
10:44 28.09.2023
Situatsiya na meste vzriva v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston
Yangiliklar lentasi
0