Situatsiya na meste vzriva v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
28 sentabr kuni soat 03:00da FVV Toshkent shahar Boshqarmasi navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Sergelidagi portlash: Hukumat komissiyasiga qanday vazifalar yuklandi?

Situatsiya na meste vzriva v Sergeli
Situatsiya na meste vzriva v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Obuna bo‘lish
Komissiyaga omborxonada sodir bo‘lgan portlash sabablarini o‘rganish, talafotlarni bartaraf etish hamda fuqarolarga tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish vazifasi topshirildi
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i asosida bosh vazir Abdulla Aripov 28-sentabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo‘lgan portlash sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha hukumat komissiyasini tuzish to‘g‘risida farmoyishni imzoladi.
Uning tarkibiga favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev, Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov, sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Behzod Musayev, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Baxtiyor G‘ulomov, Sergeli hokimi va boshqalar (jami 16 kishi) kiritildi.
Komissiya zimmasiga uch kun muddatda favqulodda holat sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish topshirildi.
Shuningdek, komissiya har bir uy-joyni, jumladan, aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uy-joylarning fasad qismlari, deraza va romlari hamda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan boshqa bino va inshootlarga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish bo‘yicha moddiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Komissiya a’zolari hodisaning texnik va boshqa sabablarini, favqulodda holatni tavsiflovchi ashyoviy dalillarni, yong‘in sodir bo‘lgan obyektda ishlatilayotgan texnika qurilmalari sanoat va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshiradi.
Shu bilan birga, zarar ko‘rgan har bir uy-joyni xatlovdan o‘tkazib, xususiy mulkdorlar xonadonlariga, ko‘p qavatli uy-joylarning fasad qismlari hamda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan boshqa bino va inshootlar holatini, o‘rganish natijalariga ko‘ra bajariladigan ish turlarini aniqlagan holda har bir uy-joy (obyektlar) bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni belgilash holatini ko‘rib chiqadi.
Omborxonada sanoat va yong‘in xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilganligi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar (tekshirishlar) va ularda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni o‘rganib chiqadi.
Ochilbay Ramatov boshchiligidagi komissiya yong‘in sodir bo‘lgan obyektda favqulodda holatga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa omillarni aniqlaydi va tekshirish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.
Toshkent shaharidagi “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
Sergelidagi yong‘in: omborxona portlashiga oid asosiy xabarlar
Yangiliklar lentasi
0