Buxoroda o‘tadigan xalqaro anjumanda Rossiyaning bosh onkologi ishtirok etadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishBlagotvoritelniy konsert V. Lisisi
Blagotvoritelniy konsert V. Lisisi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro ilmiy anjuman O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80-yilligiga bag‘ishlanadi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Milliy tibbiy radiologiya ilmiy-tadqiqot markazi bosh direktori, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh onkologi Andrey Kaprin 3-5 oktabr kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tadigan “Yadro tibbiyoti” xalqaro ilmiy konferensiyasida ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xalqaro ilmiy anjuman Fanlar akademiyasining 80-yilligiga to‘g‘ri keladi.
Forum ishtirokchilari – yetakchi milliy ekspertlar, shuningdek, ularning Rossiya va boshqa mamlakatlardagi hamkasblari saraton kasalligini kompleks davolash va diagnostika qilish masalalarini muhokama qilishadi.
Bundan tashqari, zamonaviy yadro tibbiyoti texnologiyalaridan foydalanish, radiofarmatsevtika vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish, radiatsiyaviy xavfsizlik muammolari, sohani huquqiy tartibga solish haqida so‘z yuritiladi.
Eslatib o‘tamiz, Andrey Kaprin shu yilning fevral oyida Toshkentga kelgan edi. Unda Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonga radionuklidlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan anjumanni muhokama qilishgan.
Rossiyadagi xalqaro onkologlar forumi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2023
Rossiyadagi xalqaro onkologlar forumida O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi
Yangiliklar lentasi
0