https://oz.sputniknews.uz/20230706/rossiya-xalqaro-onkologlar-forumi-ozbekiston-tajribasi-36603778.html
Rossiyadagi xalqaro onkologlar forumida O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi
Rossiyadagi xalqaro onkologlar forumida O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston, xususan, Xorazm viloyatida amaliyotga tatbiq etilayotgan onkologik kasalliklar diagnostikasi va ilg‘or davolash usullariga doir O‘zbekiston tajribasini yuqori baholadi.
2023-07-06T16:52+0500
2023-07-06T16:52+0500
2023-07-06T16:52+0500
o‘zbekiston - rossiya
forum
xorazm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/06/36603307_0:17:1243:716_1920x0_80_0_0_cf4761d81ca31127844907db412ab0d6.jpg
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro onkologlar forumida O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Forumda ishtirok etayotgan 600 nafar ma’ruzachidan 40 nafarga yaqini AQSh, Xitoy, Ispaniya, Shveysariya, Serbiya, Argentina, Hindiston, Indoneziya, Eron va MDHga a’zo qator mamlakatlar vakillari.Ular safida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali direktori Tohir Polvonov ham bor.Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston, xususan, Xorazm viloyatida amaliyotga tatbiq etilayotgan onkologik kasalliklar diagnostikasi va ilg‘or davolash usullariga doir O‘zbekiston tajribasini yuqori baholab, bu boradagi ishlarni takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Radiologiya tibbiy tadqiqot milliy markazi bosh direktori, P.A.Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Rossiya onkologlar assotsiatsiyasi prezidenti, akademik Andrey Kaprin boshchilik qilgan anjumanda tibbiyotning mazkur yo‘nalishiga doir innovatsion yutuqlar va yangi ishlanmalar haqida ham ma’lumot berildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/06/36603307_211:102:1029:716_1920x0_80_0_0_2875e6c1511a9bd2cf19fcf6725d4a18.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya xalqaro onkologlar forumi o‘zbekiston tajribasi
rossiya xalqaro onkologlar forumi o‘zbekiston tajribasi
Rossiyadagi xalqaro onkologlar forumida O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston, xususan, Xorazm viloyatida amaliyotga tatbiq etilayotgan onkologik kasalliklar diagnostikasi va ilg‘or davolash usullariga doir O‘zbekiston tajribasini yuqori baholadi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro onkologlar forumida O‘zbekiston tajribasi e’tirof etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Forumda ishtirok etayotgan 600 nafar ma’ruzachidan 40 nafarga yaqini AQSh, Xitoy, Ispaniya, Shveysariya, Serbiya, Argentina, Hindiston, Indoneziya, Eron va MDHga a’zo qator mamlakatlar vakillari.
Ular safida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali direktori Tohir Polvonov ham bor.
O‘zbekistonlik mutaxassis o‘z onlayn chiqishida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida ayrim xavfli o‘smalar profilaktikasi, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar natijalari va buni tashkil qilish bilan bog‘liq jihatlar haqida to‘xtaldi.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston, xususan, Xorazm viloyatida amaliyotga tatbiq etilayotgan onkologik kasalliklar diagnostikasi va ilg‘or davolash usullariga doir O‘zbekiston tajribasini yuqori baholab, bu boradagi ishlarni takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Radiologiya tibbiy tadqiqot milliy markazi bosh direktori, P.A.Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Rossiya onkologlar assotsiatsiyasi prezidenti, akademik Andrey Kaprin boshchilik qilgan anjumanda tibbiyotning mazkur yo‘nalishiga doir innovatsion yutuqlar va yangi ishlanmalar haqida ham ma’lumot berildi.