https://oz.sputniknews.uz/20230925/nato-vakili-belgradni-bombardimon-qilishga-chaqirdi-39286068.html
NATO vakili Belgradni bombardimon qilishga chaqirdi
NATO vakili Belgradni bombardimon qilishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Kosovo hukumati o‘tgan yakshanba kuni aholi orasida serblarga qarshi qaratilgan kesikn "tozalash" tadbiri o‘tkazgan. Serbiyani yana qaynoq nuqtaga aylantirish... 25.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-25T15:04+0500
2023-09-25T15:04+0500
2023-09-25T15:08+0500
serbiya
kosovo
nato
hujum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/19/39273534_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_0b3e7aaf2a174c35ea5e62289beb1dfd.jpg
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. “NATOni kengaytirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Gunter Felinger alyansni Serbiyaga zarba berishga da’vat qildi. RIA Novosti xabariga asosan.Felingerning o‘z pozitsiyasini tasdiqlamagan holda ta’kidlashicha, “Kosovoga qarshi serb urushi” Banskada boshlangan.Kosovodagi keskinlashuvO‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo Respublikasi Bosh vaziri Albin Kurti yakshanbaga o‘tar kechasi mintaqa shimolida noma’lum shaxslar Kosovo politsiyasiga qarata o‘q uzganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, otishma Leposavich munitsipalitetidagi Banska qishlog‘i yaqinida soat 3:00 (Moskva vaqti bilan 4:00) atrofida sodir bo‘lgan. Ikki politsiyachi yaralangan, ulardan biri halok bo‘lgan. O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo prezidenti Vosa Osmani hujumda “serb jinoiy guruhlari”ni aybladi.O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublika politsiya xodimlari hujumchilarni qidira boshlagan va keyinroq ulardan biri o‘ldirilgani haqida xabar bergan. Agentlik mintaqaning shimoliga “Yarin” va “Brnyak” nazorat punktlari orqali kirishni yopib qo‘yganini ta’kidladi. Shu bilan birga Kurti politsiya o‘ttiz nafar qurolli hujumchini qurshab olganini va ularni taslim bo‘lishga majbur qilganini aytdi.Yakshanba kuni Serb pravoslav cherkovining Rasko-Prizren yeparxiyasi xabariga ko‘ra, zirhli mashinada qurollangan shaxslar o‘rta asrlar Banska pravoslav monastiri hududiga bostirib kirgan.Serbiya hukumati qoshidagi Kosovo va Metoxiya bo‘yicha idora direktori Petar Petkovich 18-sentabr kuni ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqining 3-iyun kuni Kosovodagi keskinlikni kamaytirish talabiga qaramay, Prishtina aybi bilan etnik sabablarga ko‘ra 22 voqea sodir bo‘lgan.Mintaqaning shimolida norozilik namoyishlariMay oyining oxiridan beri Kosovo serblari Zvechan, Zubin-Potok, Leposavich, Shimoliy Kosovska-Mitrovitsa munitsipalitetlarida Kosovo shimolidan va Metoxiyadan kosovo-alban politsiyasining maxsus kuchlari va “merlar”ni olib chiqib ketishni talab qilib, norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda. Shuningdek, Brusselda 2013-yilgi kelishuvga ko‘ra, mintaqadagi yangi munitsipal saylovlar haqida gapirishdan oldin Serb jamoalari hamjamiyati tuzish bo‘yicha namoyishlar davom etmoqda.Namoyishlarga sabab 23-aprel kuni mahalliy serblar tomonidan boykot qilingan mintaqa shimolida o‘tkazilgan munitsipal saylovlar natijalariga ko‘ra, Kosovo-Albaniya hukumatining Prishtinadagi alban merlarini o‘rnatishga urinishi bo‘lgan.
serbiya
kosovo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/19/39273534_449:0:2355:1429_1920x0_80_0_0_862c9dbed3d1d8e185a98e2cc676f7aa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
serbiya, kosovo, nato, hujum
serbiya, kosovo, nato, hujum
NATO vakili Belgradni bombardimon qilishga chaqirdi
15:04 25.09.2023 (yangilandi: 15:08 25.09.2023) Kosovo hukumati o‘tgan yakshanba kuni aholi orasida serblarga qarshi qaratilgan kesikn "tozalash" tadbiri o‘tkazgan. Serbiyani yana qaynoq nuqtaga aylantirish boshlanganga o‘xshaydi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. “NATOni kengaytirish bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Gunter Felinger alyansni Serbiyaga zarba berishga da’vat qildi. RIA Novosti
xabariga asosan.
“Men NATOni zudlik bilan Serbiyaga qarshi intervensiya tayyorlashga chaqiraman. Belgradni hoziroq bombardimon qiling”, – deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Felingerning o‘z pozitsiyasini tasdiqlamagan holda ta’kidlashicha, “Kosovoga qarshi serb urushi” Banskada boshlangan.
O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo Respublikasi Bosh vaziri Albin Kurti yakshanbaga o‘tar kechasi mintaqa shimolida noma’lum shaxslar Kosovo politsiyasiga qarata o‘q uzganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, otishma Leposavich munitsipalitetidagi Banska qishlog‘i yaqinida soat 3:00 (Moskva vaqti bilan 4:00) atrofida sodir bo‘lgan. Ikki politsiyachi yaralangan, ulardan biri halok bo‘lgan. O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Kosovo prezidenti Vosa Osmani hujumda “serb jinoiy guruhlari”ni aybladi.
O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublika politsiya xodimlari hujumchilarni qidira boshlagan va keyinroq ulardan biri o‘ldirilgani haqida xabar bergan. Agentlik mintaqaning shimoliga “Yarin” va “Brnyak” nazorat punktlari orqali kirishni yopib qo‘yganini ta’kidladi. Shu bilan birga Kurti politsiya o‘ttiz nafar qurolli hujumchini qurshab olganini va ularni taslim bo‘lishga majbur qilganini aytdi.
Yakshanba kuni Serb pravoslav cherkovining Rasko-Prizren yeparxiyasi xabariga ko‘ra, zirhli mashinada qurollangan shaxslar o‘rta asrlar Banska pravoslav monastiri hududiga bostirib kirgan.
Serbiya hukumati qoshidagi Kosovo va Metoxiya bo‘yicha idora direktori Petar Petkovich 18-sentabr kuni ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqining 3-iyun kuni Kosovodagi keskinlikni kamaytirish talabiga qaramay, Prishtina aybi bilan etnik sabablarga ko‘ra 22 voqea sodir bo‘lgan.
Mintaqaning shimolida norozilik namoyishlari
May oyining oxiridan beri Kosovo serblari Zvechan, Zubin-Potok, Leposavich, Shimoliy Kosovska-Mitrovitsa munitsipalitetlarida Kosovo shimolidan va Metoxiyadan kosovo-alban politsiyasining maxsus kuchlari va “merlar”ni olib chiqib ketishni talab qilib, norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda. Shuningdek, Brusselda 2013-yilgi kelishuvga ko‘ra, mintaqadagi yangi munitsipal saylovlar haqida gapirishdan oldin Serb jamoalari hamjamiyati tuzish bo‘yicha namoyishlar davom etmoqda.
Namoyishlarga sabab 23-aprel kuni mahalliy serblar tomonidan boykot qilingan mintaqa shimolida o‘tkazilgan munitsipal saylovlar natijalariga ko‘ra, Kosovo-Albaniya hukumatining Prishtinadagi alban merlarini o‘rnatishga urinishi bo‘lgan.