https://oz.sputniknews.uz/20230924/namanganda-bolalar-zaharlanganligi-holati-boyicha-jinoyat-ishi-qozgatildi-39255330.html
Namanganda bolalar zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Namanganda bolalar zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, hozirda tergov olib borilmoqda.
2023-09-24T11:40+0500
2023-09-24T11:40+0500
2023-09-24T18:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
namangan
bolalar
zaharlanish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18828292_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_92546bc10e3817487d7bdc73a73ecec0.jpg
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Namangan viloyatida bolalar zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov xabar berdi.Ta’kidlanishicha, hozirda tergov olib borilmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlangani haqida xabar qilingan edi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lum qilishicha, hozir bolalarning ahvoli qoniqarli, ulardan 20 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar "Antistrumin" dori vositasidan zaharlangan. Shu bois hozir bu doridan foydalanish vaqtincha taqiqlangan.Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq noxush holatdan qattiq tashvishda. Viloyat hokimi va mas’ullarga masalani alohida nazoratga olish, sabablarini aniqlash va tegishli takliflar kiritish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.23 sentabr kuni O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatidagi bolalarni borib ko‘rdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18828292_158:0:1118:720_1920x0_80_0_0_a3c7bfc245026f3b53d7dad3b4f3df27.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
namangan bolalar
Namanganda bolalar zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:40 24.09.2023 (yangilandi: 18:40 24.09.2023) Ta’kidlanishicha, hozirda tergov olib borilmoqda.
TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Namangan viloyatida bolalar zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, hozirda tergov olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlangani haqida xabar qilingan edi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lum qilishicha, hozir bolalarning ahvoli qoniqarli, ulardan 20 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga
ruxsat berilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar "Antistrumin" dori vositasidan zaharlangan. Shu bois hozir bu doridan foydalanish
vaqtincha taqiqlangan.Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq noxush holatdan qattiq tashvishda. Viloyat hokimi va mas’ullarga masalani alohida nazoratga olish, sabablarini aniqlash va tegishli takliflar kiritish bo‘yicha
topshiriqlar berilgan.23 sentabr kuni O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatidagi bolalarni
borib ko‘rdi.