https://oz.sputniknews.uz/20230923/saida-mirziyoeva-chust-tumani-bolalar-39252058.html
Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatidagi bolalarni borib ko‘rdi
Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatidagi bolalarni borib ko‘rdi
Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatiga shaxsan davlat rahbarining topshiriqlari bilan yetib bordi.
2023-09-23T19:23+0500
2023-09-23T19:23+0500
2023-09-23T19:23+0500
jamiyat
o‘zbekiston
namangan
saida mirziyoyeva
bolalar
zaharlanish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/17/39252218_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b79204f895c2a4a53d4e140238d2b5d8.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatidagi bolalarni borib ko‘rdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan sog‘liqni saqlash, SES, ta’lim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi, vaziyat va tekshiruvning borishi muhokama etildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlangani haqida xabar qilingan edi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lum qilishicha, hozir bolalarning ahvoli qoniqarli, ulardan 20 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan. Bosh prokuratura bu holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar "Antistrumin" dori vositasidan zaharlangan. Shu bois hozir bu doridan foydalanish vaqtincha taqiqlangan.Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq noxush holatdan qattiq tashvishda. Viloyat hokimi va mas’ullarga masalani alohida nazoratga olish, sabablarini aniqlash va tegishli takliflar kiritish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/17/39252218_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_8251bf90a683d6b05afedc62d539d5be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saida mirziyoyeva chust tumani bolalarni saida mirziyoyeva
saida mirziyoyeva chust tumani bolalarni saida mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatidagi bolalarni borib ko‘rdi
Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatiga shaxsan davlat rahbarining topshiriqlari bilan yetib bordi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Namangan viloyatidagi bolalarni
borib ko‘rdi. “Bugun biz Namangan viloyatiga shaxsan davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan yetib keldik. Vaziyatni ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, ko‘pchiligi sog‘aygani uchun uyiga - oilasi bag‘riga qaytarilgan. Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik”, — deb yozadi u o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, uchrashuvda bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan sog‘liqni saqlash, SES, ta’lim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazildi, vaziyat va tekshiruvning borishi muhokama etildi.
"Hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan, natijasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi. Bugungi kunda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazildi", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlangani haqida xabar qilingan edi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lum qilishicha, hozir bolalarning ahvoli qoniqarli, ulardan 20 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga
ruxsat berilgan. Bosh prokuratura bu holat yuzasidan tekshiruv
olib bormoqda.Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar "Antistrumin" dori vositasidan zaharlangan. Shu bois hozir bu doridan foydalanish
vaqtincha taqiqlangan.Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Chust tumanida yuz bergan bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq noxush holatdan qattiq tashvishda. Viloyat hokimi va mas’ullarga masalani alohida nazoratga olish, sabablarini aniqlash va tegishli takliflar kiritish bo‘yicha
topshiriqlar berilgan.