Si Sinpin va Bashar Asad strategik sheriklik o‘rnatilganini e’lon qildi

© Sinxua agentstvoBashar Asad i Si Szinpin obyavili ob ustanovlenii strategicheskogo partnerstva mejdu Kitem i Siriyey
Bashar Asad i Si Szinpin obyavili ob ustanovlenii strategicheskogo partnerstva mejdu Kitem i Siriyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
Suriya va Xitoy o‘zaro strategik hamkorlik o‘rnatilganini hamda bir-birini uzoq muddat davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini e’lon qildi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Xitoy rahbari Si Szinpin va uning suriyalik hamkasbi Bashar al-Asad juma kuni birgalikda Xitoy va Suriya o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatilganini e’lon qildi, — deb xabar qilmoqda Xitoyning Sinxua agentligi.
“Bugun biz birgalikda strategik sheriklik o‘rnatilgani haqida e’lon qilamiz, bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarixidagi muhim bosqichga aylanadi”, dedi Si Szinpin. Uchrashuvdan videolavha Xitoy markaziy televideniyesi tomonidan namoyish etildi.
“Xitoy Suriyani chet el aralashuviga qarshi turishda, bir tomonlama qo‘rqitishga qarshi turishda, milliy mustaqillik, suverenitet va hududiy yaxlitlikni himoya qilishda qo‘llab-quvvatlaydi.
Xitoy Suriya bilan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusini qurish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga, shuningdek, Suriyadan yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini ko‘paytirishga tayyor”, - dedi Si Szinpin.
O‘z navbatida Suriya prezidenti Xitoyning ichki ishlariga tashqaridan aralashishni qoraladi va Xitoyning uzoq muddatli ishonchli hamkori bo‘lishga tayyorligini tasdiqladi.
“Suriya Xitoyning ichki ishlariga aralashishga qat’iy qarshi chiqadi va Xitoyning uzoq muddatli va ishonchli do‘sti va hamkori bo‘lishga tayyor”, — dedi Asad.
Eslatib o‘tamiz, Suriya prezidenti Bashar Asad rafiqasi Asma Asad bilan payshanba kuni Xitoyning Xanchjou shahridan o‘zining rasmiy tashrifini boshlagan edi. Ushbu tashrif Suriya prezidentning salkam 20-yil ichida Xitoyga amalga oshirgan birinchi tashrifi bo‘ldi. Xitoy markaziy televideniyesi habariga ko‘ra, Asad Xanchjoudagi 19-Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Xitoy Suriya inqirozi boshlangan 2011-yildan beri Asad tashrif buyurgan oltinchi davlat bo‘ldi. Bundan oldin Suriya prezidenti Rossiya, Eron, BAA, Ummon va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan.
Yangiliklar lentasi
0