Ozarbayjon va Qorabog‘ jangovar harakatlarni bas qilishga kelishib oldi

© Sputnik / Ayk Arutunyan / Mediabankka o‘tishEskalatsiya situatsii v Nagornom Karabaxe.
Eskalatsiya situatsii v Nagornom Karabaxe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon prezidenti ma’muriyati reintegratsiya masalasi yuzasidan Qorabog‘ armanlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Ozarbayjon va Tog‘li Qorabog‘ harbiy harakatlarni to‘liq bas qilishga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi vositachiligida Ozarbayjon tomoni va Tog‘li Qorabog‘ vakillari o‘rtasida jangovar harakatlarni to‘liq bas qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu kelishuvlar Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘dagi “aksilterror operatsiya” 20-sentabr soat 13:00 dan boshlab to‘xtalishini ma’lum qilgan edi. Ta’kidlanishicha, buning uchun qator shartlarni bajarish kerak bo‘ladi, xususan, Qorabog‘da joylashgan noqonuniy qurolli guruhlar o‘zlarining jangovar pozitsiyalarni tashlab ketishadi va to‘liq qurolsizlanishadi.
Ozarbayjon prezidenti ma’muriyati reintegratsiya masalasi yuzasidan Qorabog‘ armanlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Uchrashuv 21-sentabr kuni Yevlaxda bo‘lib o‘tadi.
“Reuters” agentligining ismi oshkor qilinmagan Armaniston TIV rahbari o‘rinbosari so‘zlariga tayangan holda yozishicha, Yerevan Qorabog‘ning arman aholisining Boku bilan muzokaralarga tayyorligini tushunadi.
Eskalatsiya situatsii v Nagornom Karabaxe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2023
Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da aksilterror tadbirlarini boshlaganini e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0