Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da aksilterror tadbirlarini boshlaganini e’lon qildi

© Sputnik / Ayk Arutunyan / Mediabankka o‘tishEskalatsiya situatsii v Nagornom Karabaxe.
Eskalatsiya situatsii v Nagornom Karabaxe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV Tog‘li Qorabog‘da vaziyat keskinlashganidan xavotirda ekanini bildirdi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘da lokal xususiyatga ega aksilterror tadbirlarini boshlaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Uch tomonlama bayonot (2020 yil 9-noyabrdagi Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya yetakchilari bayonoti) nizomini ta’minlash maqsadida Qorabog‘ iqtisodiy hududida keng ko‘lamli provokatsiyalarning oldini olish, hududimizdan Armaniston qurolli kuchlarini qurolsizlantirish va chiqarib yuborish, ularning harbiy infratuzilmasini zararsizlantirish, hududlarga qaytgan tinch aholi xavfsizligini ta’minlash, ozod qilingan davlat xizmatchilari, qurilish-ta’mirlash ishlariga jalb etilgan harbiylarimiz hamda Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash bo‘yicha mintaqada lokal xususiyatga ega antiterror tadbirlari boshlandi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, yuqori aniqlikdagi qurollardan foydalangan holda Armaniston qurolli kuchlari qo‘shinlarining pozitsiyalari, ularning o‘q otish punktlari, shuningdek, jangovar vositalar va harbiy obyektlari yaroqsiz holga keltirilmoqda. Vazirlik tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi nishon emasligi, faqat qonuniy harbiy nishonlar maqsad ekanini qayd etgan.
Rossiya Federatsiyasi tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi va Turkiya-Rossiya monitoring markazi rahbariyatiga olib borilayotgan tadbirlar borasida axborot berilgan.
Armaniston Mudofaa vazirligi mamlakat chegarasidagi vaziyat barqaror ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, Tog‘li Qorabog‘da Armaniston Qurolli kuchlari bo‘linmalari yo‘qligini ta’kidlagan.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya Tog‘li Qorabog‘da vaziyat keskinlashganidan xavotirda ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonlarni qon to‘kilishini to‘xtatish, harbiy harakatlarni bas qilishga chaqiradi.
Yangiliklar lentasi
0