https://oz.sputniknews.uz/20230919/chirchiq-haydovchisiz-taksi-sinov-39091322.html
Chirchiqda haydovchisiz taksi sinovdan o‘tkazilishi mumkin
Chirchiqda haydovchisiz taksi sinovdan o‘tkazilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida haydovchisiz taksi sinovdan o‘tkazilishi mumkin. Bu taklifni Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Shayxutdinov shahar hokimi Davron Hidoyatov bilan uchrashuvda bildirdi. “Yandeks” 2018-yil yozida Qozonning Innopolis shahrida birinchi haydovchisiz taksi sinovlarini boshlagan edi. Shu paytgacha Innopolisdagi yo‘lovchilar robotaksida 60 mingdan ziyod safar qilishdi. “Yandeks” iyun oyida sinov tariqasida Moskvada ham haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirdi.
2023-09-19T13:54+0500
2023-09-19T13:54+0500
2023-09-19T17:14+0500
jamiyat
chirchiq
tatariston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35795334_0:182:3064:1906_1920x0_80_0_0_5a216ee3411b3b63e88a9c88a606bf31.jpg
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida haydovchisiz taksi sinovdan o‘tkazilishi mumkin. Bu taklifni Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Shayxutdinov shahar hokimi Davron Hidoyatov bilan uchrashuvda bildirdi.Hidoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qozonda Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Shayxutdinov bilan uchrashdi.Uchrashuvda hamkorlikda rivojlantirish muhokama qilindi. Shayxutdinov Chirchiq shahrida haydovchisiz harakatlanuvchi transport vositasini sinovdan o‘tkazish va bu yo‘nalishda tadqiqotlar o‘tkazish uchun normativ hujjat ishlab chiqish taklifini bildirdi.Bundan tashqari, u Chirchiqda namunaviy tarzida oliy, maktabgacha va maktab ta’lim tizimida raqamli darsliklarni joriy etishni taklif qildi.Hidoyatov esa ikki mamlakat kompaniyalarining qo‘shma startap loyihalarini Chirchiqda amalga oshirishni taklif etdi.Uchrashuvda tomonlar IT sohasini hamkorlikda rivojlantirish hamda shaharda IT rezidentlarini sonini ko‘paytirish va o‘zaro masofaviy xizmatlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.Qayd etish joizki, “Yandeks” 2018-yil yozida Qozonning Innopolis shahrida birinchi haydovchisiz taksi sinovlarini boshlagan edi. Shu paytgacha Innopolisdagi yo‘lovchilar robotaksida 60 mingdan ziyod safar qilishdi. “Yandeks” iyun oyida sinov tariqasida Moskvada ham haydovchisiz taksi xizmatini ishga tushirdi.
tatariston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/07/35795334_612:10:3064:1849_1920x0_80_0_0_e66cd387bd3218adb983788854e030e5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chirchiq haydovchisiz taksi sinov rossiya moskva
chirchiq haydovchisiz taksi sinov rossiya moskva
Chirchiqda haydovchisiz taksi sinovdan o‘tkazilishi mumkin
13:54 19.09.2023 (yangilandi: 17:14 19.09.2023) “Yandeks” 2018-yil yozida Qozonning Innopolis shahrida birinchi haydovchisiz taksi sinovlarini boshlagan edi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida haydovchisiz taksi sinovdan o‘tkazilishi mumkin. Bu taklifni Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Shayxutdinov shahar hokimi Davron Hidoyatov bilan uchrashuvda bildirdi.
Hidoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qozonda Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari Roman Shayxutdinov bilan
uchrashdi.Uchrashuvda hamkorlikda rivojlantirish muhokama qilindi. Shayxutdinov Chirchiq shahrida haydovchisiz harakatlanuvchi transport vositasini sinovdan o‘tkazish va bu yo‘nalishda tadqiqotlar o‘tkazish uchun normativ hujjat ishlab chiqish taklifini bildirdi.
Bundan tashqari, u Chirchiqda namunaviy tarzida oliy, maktabgacha va maktab ta’lim tizimida raqamli darsliklarni joriy etishni taklif qildi.
Hidoyatov esa ikki mamlakat kompaniyalarining qo‘shma startap loyihalarini Chirchiqda amalga oshirishni taklif etdi.
Uchrashuvda tomonlar IT sohasini hamkorlikda rivojlantirish hamda shaharda IT rezidentlarini sonini ko‘paytirish va o‘zaro masofaviy xizmatlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Qayd etish joizki, “Yandeks” 2018-yil yozida Qozonning Innopolis shahrida birinchi haydovchisiz taksi sinovlarini boshlagan edi. Shu paytgacha Innopolisdagi yo‘lovchilar robotaksida 60 mingdan ziyod safar qilishdi. “Yandeks” iyun oyida sinov tariqasida Moskvada ham haydovchisiz taksi xizmatini
ishga tushirdi.