Rossiya kompaniyasi Chirchiqda metall trubalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

© Xokimiyat goroda ChirchikChirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov "TEMPO" kompaniyasiga tashrif buyurdi
Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov TEMPO kompaniyasiga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Obuna bo‘lish
“TEMPO” xolding kompaniyasi Chirchiqdagi auksionda turgan ishlab chiqarish binosini sotib olish va qurilish uchun 16 mln dollar investitsiya kiritish rejasi borligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Tataristondagi “TEMPO” xolding kompaniyasi Toshkent viloyati Chirchiq shahrida metall konstruksiya va metall trubalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshchiligidagi delegatsiya Tataristonga tashrifi davomida kompaniya bosh direktori Rustem Sharifullin bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Toshkent viloyati Chirchiq shahrining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Uchrashuvda Sharifullin Chirchiqdagi auksionda turgan ishlab chiqarish binosini sotib olish va qurilish uchun 16 mln dollar investitsiya kiritish rejasi borligini ma’lum qildi.
Rossiya kompaniyasi u yerda kelajakda Markaziy Osiyo uchun metall konstruksiya va metall trubalarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha tomonlar anglashuv memorandumini imzolashdi.
© Xokimiyat goroda ChirchikChirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov va "TEMPO" bosh direktori Rustem Sharifullin
Xokim goroda Chirchik Davrov Xidoyatov posetil GK TEMPO  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov va "TEMPO" bosh direktori Rustem Sharifullin
Ma’lumot uchun: “TEMPO” 140 gektar yer maydonida joylashgan. Xolding tarkibida 8 ta yirik korxona mavjud. “TEMPO” metall trubalarni ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyadagi yetakchi kompaniyalardan biridir.
Yangiliklar lentasi
0