O‘zbekistonning yettita hududida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

© Foto: Namangan viloyati FVB axborot xizmati Kosonsoy tumaniga sel keldi
 Kosonsoy tumaniga sel keldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Obuna bo‘lish
20-22 sentabr kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sabab yettita hududida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi. O‘zgidromet tegishli ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, 20-22 sentabr kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli quyidagi tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.
Kuz, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Harorat pasayishi, yomg‘ir: hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi
Yangiliklar lentasi
0