https://oz.sputniknews.uz/20230918/hafta-ob-havo-39057954.html
Harorat pasayishi, yomg‘ir: hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi
Harorat pasayishi, yomg‘ir: hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi
Sputnik O‘zbekiston
19 sentabr, seshanba kuni, O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin ob-havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidrometma’lum qilmoqda.Dushanba kuni respublika hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunning o‘rtasiga kelib, havo +28…+30 darajagacha isiydi.
2023-09-18T11:35+0500
2023-09-18T11:35+0500
2023-09-18T11:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekistonda ob-havo
o‘zbekiston bo‘ylab ob-havo prognozi
ob-havo prognozi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/06/29756282_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_b8c9a9caa42bd38c402891d8db95200c.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. 19-sentabr, seshanba kuni, O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin ob-havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidrometma’lum qilmoqda.Dushanba kuni respublika hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunning o‘rtasiga kelib, havo +28…+30 darajagacha isiydi.Seshanba kuni respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat janubda va Farg‘ona vodiysida quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Havo harorati biroz pasayadi, kunduzi +26…+28 darajani tashkil etadi.20 oktabr kuni markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yana quruq havo kuzatiladi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.20−22 sentabr kunlari havo haroratining pasayishi davom etadi va kunduz kunlari +23…+25 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Kechalari va ertalabki soatlarda havo ancha salqinlashadi, harorat +11…+16 daraja atrofida bo‘ladi.Poytaxtda 18−19 sentabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 19-sentabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat +26…+29 daraja bo‘ladi.20 sentabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21−22 sentabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +13…+15 darajagacha, kunduzi +23…+25 darajagacha pasayadi.Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 19-sentabrda 12−15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/06/29756282_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_586b85a534fe9e42dcf9c1fa0b045bc4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ob-havo prognoz o‘zgidromet haftalik
o‘zbekiston ob-havo prognoz o‘zgidromet haftalik
Harorat pasayishi, yomg‘ir: hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi
O‘zbekistonda hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. 19 sentabr, seshanba kuni, O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan nam va salqin ob-havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidrometma’lum qilmoqda.
Dushanba kuni respublika hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunning o‘rtasiga kelib, havo +28…+30 darajagacha isiydi.
Seshanba kuni respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat janubda va Farg‘ona vodiysida quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Havo harorati biroz pasayadi, kunduzi +26…+28 darajani tashkil etadi.
20 oktabr kuni markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yana quruq havo kuzatiladi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
20−22 sentabr kunlari havo haroratining pasayishi davom etadi va kunduz kunlari +23…+25 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Kechalari va ertalabki soatlarda havo ancha salqinlashadi, harorat +11…+16 daraja atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda 18−19 sentabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 19-sentabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat +26…+29 daraja bo‘ladi.
20 sentabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21−22 sentabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +13…+15 darajagacha, kunduzi +23…+25 darajagacha pasayadi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi, 19-sentabrda 12−15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.