O‘zbekistonlik kurashchi Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaDjavrail Shapiyev
Djavrail Shapiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik polvon Olimpiada yo‘llanmasi uchun tashkil etilgan bellashuvda Bahrayn sportchisidan ustun kelib, faoliyatida ikkinchi bor 4-yillikning muhim startiga yo‘l oldi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Javrail Shapiyev Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Serbiyada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining kechagi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Unda Javrail Shapiyev (-86 kg) Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik polvon bronza medali uchun kechgan bahsda San-Marino vakiliga imkoniyatni bor berdi. Biroq Olimpiada yo‘llanmasi uchun tashkil etilgan bellashuvda Bahrayn sportchisidan ustun kelib, faoliyatida ikkinchi bor 4-yillikning muhim startiga yo‘l oldi.
Yangiliklar lentasi
0