Mishustin Moskva va Toshkent munosabatlariga aralashishga urinishlarni muvaffaqiyatsiz deb atadi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishMixail Mishustin i Abdulla Aripov
Mixail Mishustin i  Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonni mamlakatning Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi iqtisodiy sheriklaridan biri deb atadi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Boshqa davlatlar kelishmovchilik keltirib chiqarishga urinishlariga qaramay, Moskva va Toshkent o‘zaro hamkorlikni rivojlantirmoqda. Bu haqda Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin aytib o‘tdi. U ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi.
“Biz birgalikda savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantirmoqdamiz, o‘rtamizda mavjud bo‘lgan barcha masalalarni, dushmanlar nizo keltirib chiqarishga urinayotganlariga qaramay, samarali hal qilmoqdamiz”, – dedi Rossiya hukumati raisi.
U O‘zbekistonni “Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchi iqtisodiy sheriklardan biri” deb atadi. Rossiya Vazirlar Mahkamasi rahbari “Rossiya va O‘zbekiston iqtisodiyotining salohiyati ancha yuqori, hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda rivojlantirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligiga” ishonch bildirdi.
“Munosabatlarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish muhim”, – dedi Mishustin. Uning so‘zlariga ko‘ra, “umumiy vazifa – teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish asosida yaqin kelajakda savdo-iqtisodiy hamkorlikni birgalikda yanada yuqori darajaga olib chiqish”.
“Biz buni uddalay olishimizga ishonchim komil”, – dedi u.
Joriy yig‘ilishda Rossiya hukumati rahbari “savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi eng ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini” belgilashni taklif qildi va “sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, yuqori texnologiyalar, ta’lim, tibbiyotda hamkorlikni kengaytirishga” alohida e’tibor qaratdi.
Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, “murakkab xalqaro muhitga qaramay, ikki davlat o‘rtasidagi ham iqtisodiy, ham sarmoyaviy aloqalar izchil mustahkamlanib bormoqda”. U 2022-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 25% ga oshganini, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida esa yana 14 foizga oshganini eslatdi. Rossiya hukumati raisining fikricha, O‘zbekistonning Yevroosiyo integratsiyasiga qo‘shilishi “milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, fuqarolar farovonligini, ishbilarmonlik va sarmoyaviy faollikni oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi”.
Uning ta’kidlashicha, “integratsiyalashgan hamkorlik – mustahkam ishlab chiqarish va logistika zanjirlarini yaratish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va raqamli iqtisodiyotning afzalliklari orqali salbiy tashqi sharoitlar ta’sirini yumshatadi”.
Biznes aloqalar va qo‘shma loyihalar
“Biz tadbirkorlarimiz o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish imkoniyati mavjud, deb hisoblaymiz”, — dedi Rossiya bosh vaziri.
U Rossiyaning yirik kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirayotganiga, ularning hajmi jami xorijiy investitsiyalar hajmining beshdan bir qismini tashkil etayotganiga e’tibor qaratdi.
“Sanoat, agrosanoat majmuasi, to‘qimachilik sanoati, transport infratuzilmasida qo‘shma loyihalar soni barqaror o‘sib bormoqda”, — dedi Rossiya Vazirlar Mahkamasi rahbari.
Mishustin energetikani hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri deb atadi. Bunga misol tariqasida Qandim konlar guruhida zamonaviy gazni qayta ishlash majmuasi barpo etilayotgani, boshqa konlarning o‘zlashtirilishi va Rossiya texnologiyalaridan foydalangan holda O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish rejalarini aytib o‘tdi.
“O‘tgan qishda O‘zbekistonni energiya bilan ta’minlashda boshdan kechirgan qiyinchiliklar [atom elektr stansiyasi loyihasining] to‘g‘riligini va tanlov tinch atom energetikasi foydasiga muhimligini tasdiqladi. Loyihani amalga oshirish O‘zbekistonning elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga, minglab yangi ish o‘rinlari yaratishga, O‘zbekistonning sanoat salohiyatini ochishga yordam beradi”, — ta’kidladi u.
Mixail Mishustin va Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Aripov va Mishustin raisligida yig‘ilishda qator hujjatlar imzolandi – ro‘yxat
Yangiliklar lentasi
0