https://oz.sputniknews.uz/20230918/aripov-mishustin-yigilish-hujjatlar-39068250.html
Aripov va Mishustin raisligida yig‘ilishda qator hujjatlar imzolandi – ro‘yxat
Aripov va Mishustin raisligida yig‘ilishda qator hujjatlar imzolandi – ro‘yxat
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat bosh vazirlari qo‘shma kommunike imzolashdi. Shuningdek, qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Xususan:Rossiya Sanoat va savdo vazirligi va O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasidagi bitim
2023-09-18T17:38+0500
2023-09-18T17:38+0500
2023-09-19T11:20+0500
siyosat
rossiya
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
abdulla aripov
mixail mishustin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/12/39067580_140:214:2722:1667_1920x0_80_0_0_663a5b644f7f1c1da069285bffc15bb5.jpg
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekiston-Rossiya har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tubdan yangi bosqichga ko‘tarildi.Keyingi yillarda davlatlararo hamkorlik faollashdi, barcha sohalarda ko‘p qirrali samarali hamkorlikning jadal o‘sishi kuzatilmoqda. Ikki davlat rahbarlari tomonidan hukumatlar zimmasiga o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va erishilgan kelishuvlar ijrosini izchil ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.So‘nggi besh yilda o‘zaro tovar ayirboshlash o‘smoqda. O‘tgan yil oxirida bu ko‘rsatkich 9,3 milliard dollarga yetgan. Kon-metallurgiya, yoqilg‘i-energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi loyihalari faol amalga oshirilayotgani qayd etildi.Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sarmoyaviy va faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.Qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat bosh vazirlari Abdulla Aripov va Mixail Mishustin qo‘shma kommunike imzolashdi. Shuningdek, qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.Xususan:O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya majlisi 2019-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/12/39067580_406:146:2431:1665_1920x0_80_0_0_03f35ea450a25104e890c8e11c3d61f1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston va rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya majlisi abdulla aripov mixail mishustin
o‘zbekiston va rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya majlisi abdulla aripov mixail mishustin
Aripov va Mishustin raisligida yig‘ilishda qator hujjatlar imzolandi – ro‘yxat
17:38 18.09.2023 (yangilandi: 11:20 19.09.2023) Qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat bosh vazirlari qo‘shma kommunike imzolashdi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning to‘rtinchi majlisi
bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekiston-Rossiya har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tubdan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Keyingi yillarda davlatlararo hamkorlik faollashdi, barcha sohalarda ko‘p qirrali samarali hamkorlikning jadal o‘sishi kuzatilmoqda. Ikki davlat rahbarlari tomonidan hukumatlar zimmasiga o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va erishilgan kelishuvlar ijrosini izchil ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
So‘nggi besh yilda o‘zaro tovar ayirboshlash o‘smoqda. O‘tgan yil oxirida bu ko‘rsatkich 9,3 milliard dollarga yetgan. Kon-metallurgiya, yoqilg‘i-energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi loyihalari faol amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sarmoyaviy va faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat bosh vazirlari Abdulla Aripov va Mixail Mishustin qo‘shma kommunike imzolashdi.
Shuningdek, qator ikki tomonlama hujjatlar
imzolandi.Rossiya Sanoat va savdo vazirligi va O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasidagi bitim
2023-2024 yillarda davlat kadastrini baholash tizimini yaratishda Rossiya tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz texnik ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida Rossiya Fedaral ro‘yxatga olish, kadastr va kartografiya xizmati va O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi o‘rtasidagi bitim
“Rosatom” va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida yadro tibbiyoti sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
“N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom muassasining Toshkent filiali faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni tezlashtirish tadbirlari rejasi.
O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya majlisi 2019-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.