"Toshkent-Termiz" yo‘nalishida harakat vaqtincha cheklandi — aylanma yo‘llar va xarita

© Ramiz Baxtiyarov"Stop" belgisi, arxiv surat.
Stop belgisi, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2023
Obuna bo‘lish
Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lidagi balkalarining 5 tasida yoriq vujudga kelib, cho‘kish hosil bo‘lgan.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. "Toshkent-Termiz" yo‘nalishidagi barcha avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 10 km da joylashgan zovur ko‘prigining "Toshkent-Jizzax" yo‘nalishidagi qismida oraliq qurilma balkalarining 5 tasida yoriq vujudga kelib, cho‘kish hosil bo‘lgan.
Shu munosabat bilan "Toshkent-Termiz" yo‘nalishidagi barcha avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.
© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiKarta
Karta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2023
Karta
"Ushbu yo‘nalishdagi avtotransport vositalari harakati xalqaro ahamiyatdagi M-34 "Toshkent - Dushanbe" avtomobil yo‘lining 104-152 kilometrlari hamda A-376 "Qo‘qon - Jizzax" avtomobil yo‘lining 219-242 kilometrlari orqali tashkil qilindi", - deyiladi xabarda.
Aytilishicha, barcha yo‘nalishlarda YPX postlari tashkil qilinib, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash choralari ko‘rilgan. Ayni vaqtda mazkur ko‘prikda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0