Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti o‘chiriladi — kun va manzil

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2023
Obuna bo‘lish
Yashnobod, Uchtepa va Olmazor tumanlarining ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Bugun va dushanba kuni Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti o‘chiriladi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtimizning tumanlarida gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan Yashnobod, Uchtepa, Olmazor tumanlarining ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi.
Olmazor tumani - 16-sentabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha: “Chilto‘g‘on” mahallasida qisman, 1 ta ulgurji iste’molchi.
Yashnobod tumani - 18-sentabr kuni 10:00 dan 18:00 gacha: “Quruvchilar” mahallasida, “Inoqobod” mahallasining Shavkat, Chashma, Charos, Saodat ko‘chalarida, Ulgurji iste’molchilar – 15 ta.
Uchtepa tumani - 11:00 dan 16:00 gacha “Foziltepa” mahallasi, Ulgurji iste’molchilar 8 ta.
Yangiliklar lentasi
0