Toshkentda maktab o‘quvchilari uchun qanday taomlar pishiriladi - video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Har bir maktab oshxonasining tasdiqlangan menyusi bor. Ularga bolalar uchun foydali taomlar kiritilgan.
Toshkentdagi maktab oshxonasi menyusidan turli taomlar, salatlar, shirinliklar va ichimliklar joy olgan. Taomlar jadvalga qarab tayyorlanadi. Menyu tuzishda o‘quvchilarning xohish-istaklari ham inobatga olinadi.
"Bolalar birinchi ovqatdan moshxo‘rda, mastava, borshni yaxshi ko‘rishadi. Talabga qarab buyurtma olamiz. Bolalar nima ovqat yeyishni xohlashsa, ertasi kuni shu ovqatni pishirib qo‘yamiz", - deydi poytaxt maktablaridan birining oshpazi Zilola Hakimova.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘limi bosh mutaxassisi Shoira Reyimbayevaning so‘zlariga ko‘ra, mahsulotlar sifati doimiy nazoratda. Ular sifatini ota-onalardan iborat brakeraj komissiyasi tekshiradi.
Maktablarda ruxsat etilmaydigan mahsulotlar ro‘yxati mavjud. 38 ta mahsulot bu ro‘yxatga kiritilgan.
Maktab oshxonasi bolalar qanday ovqatlanishadi va ularga nimalar tayyorlab berishmoqda - batafsil Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0