Putin va Kim Chen In “Vostochniy” kosmodromida suhbatlashdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v DFO
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v DFO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In “Vostochniy” kosmodromida qisqa suhbat olib borishdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In “Vostochniy” kosmodromida qisqa suhbat olib borishdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Uchrashuv marosimi Yagona texnik majmuaning raketa-tashuvchilarni o‘rnatish va sinovdan o‘tkazish binosining asosiy kirish qismida bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari kosmodromni ko‘zdan kechirdi, so‘ng muzokaralar o‘tkazdi.
KXDR rahbari poyezdda “Sharqiy” vokzaliga, montaj-sinov binosi yonidagi yo‘lga yetib keldi.
Kim Chen In vagoniga qizil gilamli yo‘lak keltirildi, uning ikki tomonida ikki davlat bayroqlari bilan Sharqiy harbiy okrug faxriy qorovullari saf tortdi. Shimoliy Koreya rahbarini Rossiya va KXDR hukumatlararo komissiyasi rahbari, tabiiy resurslar va ekologiya vaziri Aleksandr Kozlov hamda Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli departamenti direktori Igor Bogdashev kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In Putinning taklifi bilan Rossiyaga tashrif buyurdi. Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov avvalroq ikki davlat rahbarlarining delegatsiyalar tarkibida ham, yakkama-yakka holda ham muzokaralar olib borishini ma’lum qilgan edi. Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalar va madaniy almashinuvlar masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi vaziyat va umuman xalqaro masalalar yuzasidan batafsil fikr almashiladi.
North Korea leader Kim Jong Un arrives in Russia - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
Kim Chen In Rossiyaga keldi – video
Yangiliklar lentasi
0